Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

www.ziyouz.com kutubxonasi 

37

judayam baland emas?”deya noshukrlik qilibdi. Bu qanchalar yomon ish, kufroni 



ne’matdir, adolatsizlikdir. “Shunda ham bir insonning yo’qlikdan paydo bo’lib, bir tosh, 

daraxt va yo hayvon emas, inson, musulmon bolib, uzoq vaqt sog’ salomat va hurmat 

ko’rib, yuksak daraja, oily ne’matlarga sazovar bo’laturib, ba’zi nuqsonlar bialn sog’liq va 

hurmat kabi ba’zi ne’matlarga munosib bo’lmagani yoki yomonini afzal ko’rishi bilan yoki 

yomonlik qilish bilan qo’ldan chiqargani, yoki qo’li yetmagani uchun noshukrlik qilishi, 

sabrsizlik ko’rsatishi…Nima gunoh qildim, nega bular boshimga tushdi?-deya rububiyati 

ilohiyotni tanqid qilish yomon bir xastalik, musibatli ma’naviy kasallikdir. Xuddi singan 

qo’l bilan ko’rishish kabi…” 

Men bu izohlardan so’ng ko’zlarimni bir nuqtaga tikib, chuqur o’yga toldim. U esa kitob 

o’qishda davom etdi:”Bizlar buyuk qudrat egasi tarafidan dunyoga keltirilganmiz. Bizga 

minglarcha ne’mat va ikrom taqdim etilgan. Ne’matlarga ko’milib hayot kechiramiz. Bu 

hayot maqomiga va insoniylik darajasiga erishish uchun minoraning zinapoyalaridek bir 

qancha hayot zinalaridan o’tamiz. Eng buyuk, eng yuksak daraja insoniylik maqomini 

topishimizdir. ” O’ylayman:bir tosh, bir tuproq yo daraxt bo’lishimiz mumkin edi-ku. Bir 

mushuk, sichqon, ilon yoki bir hashorot bo’lishimiz ham mumkin edi. Ularning ham 

jonlari bor, ular ham hayot kechirishadi. Odam tuproq, toshga nisbatan omadliroq 

bo’lgani uchun shukr qilishi kerak. Sichqonga nisbatan mushuk baxtliroq. U ham shukr 

qilishi kerak. Ilonga nisbatan sut beruvchi qo’y yaxshi munosabat ko’radi. U ham shukr 

qilishi lozim.  

“Butun hayot zinalariga chiqqan, minglarcha qimmatli va noyob ne’matlarga ega bo’lgan 

inson, hamma berilgan ikromlarni unutib, “Nega men boshqalardek emasman?Bunda bir 

tengsizlik, adolatsizlik bor”, desa, sichqon, hashorot, ilon yoki mushuk bu so’zga 

qo’shilib, ”Xohlamasang joy almashamiz”, deyishi mumkin. “Bzining bu haqqimiz kam 

emas. Bil’aks, haqqimiz bo’lmagan qancha narsalarga va haqqa egamiz. O’ylayapmiz, 

ko’ryapmiz, suhbatlashyapmiz, yeyapmiz, uxlayapmiz, kulib-yig’layapmiz, bu ne’matlar 

qanday kam hisoblanishi mumkin? Yoki qalb ko’rligidan noshukrlik kelishi mumkinmi?” 

“Hozir bizga shu Anqarani bersalar-u, uning evaziga aqlimizni so’rasalar beramizmi?” 

“Bu qimmatli, go’zal a’zolar mukammaligini bergan Zotnng maktublarini nega 

bilmaymiz? Uning nimani xohlashini va bu ne’matlarni nima uchun berganini o’ylab 

tadqiq qilmaymiz?” 




Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling