Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

www.ziyouz.com kutubxonasi 

36

o’xshaganlarni chetda qoldiradi? Bizning aybimiz, gunohimiz nima? Hayotim bunday 



bo’lishini men xohlamagandim. Oxirigacha shunday yashashga majburmanmi? Nega 

boshqalar yaxshi hayot kechirishadi-da, men oyoqosti bo’laman? Bu isyon meni 

shubhaga soladi. Dahriylikka undaydi, yana Allohning(O’zi kechirsin) adolati bir yoqlama 

– ojizlarni unutib kuchlilarni va boylarni panohida saqlash degan fikrga da’vat etadi.  

Qiz necha yillardan buyon yuragimga dard bo’lib yotgan bu fikrlarimni jim turib tingladi. 

Keyin javob bera boshladi.  

-Alloh bizga foydalanish uchun ikki omonat bergandir, -dedi u. Birinchisi, o’z tanamiz va 

hayotimiz, ikkinchisi esa koinot va undagi cheksiz ne’matlar. Agar inson hayoti va koinot 

qonuni inson qo’li bilan o’zgartirilib, qorishiq holga keltirilsa, berilgan ne’matlardan 

hikmatiga uyg’un foydalanilsa, insonlarda umuman, muammo qolmasdi. Hamma 

ko’rguliklar Allohning adolatsizligidan emas, insonlarning o’z qollari bilan hayotlarini 

buzishlaridandir. Ko’zni, aqlni, qo’lni, oyoqni va dunyoni mukammal qilib yaratgan Alloh 

qullarining xatolarini natijasida paydo bo’lgan adolatsizlikar uchun qanday mas’uliyatli 

bo’lsin? Masalaga haq va adolat tuzasidan ham shunday qarashimiz mumkin. Bizni va 

koinotni buyuk hikmat bilan yaratgan Janobi Haq yaratilgan hamma narsada bizga 

kamchilik, nuqson va adolatsizlik kabi ko’ringan hollarning biz bilmagan hikmatlari, 

sabablari bor. Ba’zi narsalarni bizlar o’z qo’limiz bilan buzamiz va adolatsizlikni yuzga 

keltiramiz. Hozir mana shu xonaga bir boy odam kirib, hammaga pul tarqatsa…Ammo 

birovga oz, birovga ko’p barsa. Sen o’sha kishiga:”Nega menga oz, boshqalarga ko’p 

berding?-deb ta’na qila olasanmi? Agar shunday desang, katta odobsizlik qilgan 

bo’lasan. Chunki berilgan pullarda sening haqqing yo’q, ular senga tagishli emas. U kishi 

achinib, senga yordam qildi. Yordam miqdorini ham o’zi belgilagan. Bu holda sizning 

shikoyat qilishga haqqingiz yo’q. Xohlasa bergan pulini qaytraib olishi ham mumkin. 

Bizga ham Alloh koinot ne’matini, insoniy ne’matlarni berganammo ba’zilarga oz, 

ba’zilarga ko’p. Bu dunyosi imtihon dunyosi bo’lgani uchun oz berilganlarni oz hisob 

bilan, ko’p berilganlarni esa ko’p hisob bilan imtihon qiladi. Ko’p olganlar, meni 

imtihonim ko’p deb kerila olmaydilar. Bil’aks, ko’p mol tufayli ularda mas’uliyat ham 

kattadir. Kam mol berilganlar esa, isyon qilib, ”Nega bizga kam beriladi?” deya Allohni 

ayblay olmaydilar. U to’g’ridan-to’g’ri ALlohga oid va Uning ikromidir. Qanchalik oz 

berilsa ham, qul shukr qilishi lozim. Shukr qilmasa, haqqi bo’lmagan ne’matga 

erishmoqchi bo’ladi. Natijada oz ne’matga ham erisha olmaydi. Shukr qilsa, oz 

ne’matning hisobi ham o’ziga yarasha oz bo’ladi.  




Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling