Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

www.ziyouz.com kutubxonasi 

34

yaratgan. Insonlarga amri, irodasini bildirish uchun payg’ambarlar va kitoblar yuborgan. 



Ne ko’rgulikki, ba’zi insonlar shaytonga qul bo’lib, nafslariga erk berib, dunyo lazzati va 

zavqiga berilib, Allohni butkun unutishadi. Bunday insonlar hatto pashshaga diqqat bilan 

boqsalar edi, uning qanchalik mo’jazaviy qudrat bilan yaratilganini ko’rishardi. Bunday 

mo’jizalarda hamisha Allohning ilmi va qudrati namoyondir. Ammo johillar shaytonga va 

nafslariga erk berishdi. O’ylamadilarki, insonning dunyoga keltirilishi qanday 

mo’jizalarga boy bo’lsa, o’limidan so’ng qayta tirilib, hisob berishi ham shundaydir. 

Insonni yaratgan qudrat Sohibiga uni takror tiriltirish hech qiyin emas! 

Bu so’zlar mening fikrlarimga, dunyoqarashimga, hayotga munosabatimga achchiq va 

ta’sirli javoblar edi. Bularning hammasini necha qaytalab o’qituvchilarimdan, 

o’rtoqlarimdan eshitgan bo’lsamda, nega bunchalik ta’sirlanmadim? Har bir so’z, har bir 

gap miyamda aks-sado berar, asli qarshilik qilishga yo’l qo’ymasdi.  

-Onang seni ko’p duo qiladi, sendan xavotirda. Tayorlan, tavba qil!Allohdan kechirim 

so’ra!Uning rahm-shafqati g’azabidan, jazosidan buyukdir. Allohga yolvor, xatolaringni 

tuzat. Chunki sening umring juda qisqa qoldi.  

Ko’z o’ngimda mayin ovozli, mehribon va nuli bilan xonani to’ldirgan ikki ayol g’oyib 

bo’ldi. Faqat eshikning g’ichirlagani eshitildi, xolos.  




Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling