Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

Endi nima bo’ladi?  

 

Allohim, endi men nima qilay? Nochor qolgan gunohkor bir qulingni bunday yordamga 



loyiq ko’rganing uchun endi men nima qilay? Yig’layinmi? Faryod chekayinmi?O’zimni 

ming marotabalab senga qurbon qilayinmi? Alloohim, shu choqqacha gunohdan, 

razolatdan boshqa narsani bilmadim. Duo qilish, yolvorish, iltijo qilish, namoz 

o’qish…Hech birini bilmayman. Terlab, hamma narsam shalabbo bo’lgan edi. Dahshatli 

bir hayajon va qo’rquv ichida o’zimga keldim. O’rnimdan turdim. Ha, Alloh bor. Bu 

olamning egasi U, biz Uning qulimiz. Ammo hech bir tafsilotni bilmayman. Nimadan va 

qanday boshlayman? Nima bo’ladi, menga kim yordam beradi? 

Faryodimga, qichqiriqlarimga hamshiralar yugurib kelishdi. Tabiiyki, ularga 

ko’rganlarimni tushuntira olmasdim.  

-Hech qisi yo’q, -dedim. Qo’rqib ketibman… 

O’limim tobora yaqinlashmoqda. Boshim qotgan, xato qilganlarimni, egri yo’ldaligimni 

aytib hayqiraman. Bu ko’rganlarimning hammasi men uchun oxirgi imkoniyat, so’nggi 

fursat ekanini bilaman. Buyuk Alloh meni kutib turganini ham bilaman. Ammo yo’lning 

oxiriga keldim, endi nima qilishni ham bilmay qoldim. Qorishiq fikrlar, ma’nosiz hayollar 

tubida bir kuch topdim. Alloh…Ha, ilk marotaba bunday kuchli hayajonlasnih…Alloh! 

Ehtimol hamma narsa tugab, butun shubhalar yo’qolganidan keyin bu kuch yuzaga 

chiqayotgandir. Yoki boshqa choram yo’qligi uchun…Nima bo’ladi, biror kishi kela 

qolsaydi. Men ketyapmanku. Kimdir menga Allohni, o’zimni va oxiratni anglatsaydi. 

Nima bo’ladi endi? Hamshiralarga, doktorlarga yolvorardim.  

-Amina ismli tibbiyot insitutida o’qiydigan bir dugonam bor. Uni topishim kerak, 

ko’rishim kerak. U kelsin, nima bo’lsa ham, kelsin. Kelib menga tushuntirmoqchi bo’lgan, 

ammo men tinglashni ham istamagan gaplarni aytsin. Endi ularning navbati keldi. Endi 

o’sha gaplarga mutojman.  

Aminani kutyapman. Hayotim davomida hech kim, hech narsani bu qadar intiqlik ila 

kutmaganman. Niam bo’ladi, Allohim. Sendan biror narsa so’rashga yuzim yo’q. Ammo 

onam, akam, menga yordamlashmoqchi bo’lgan yaxshi insonlar hurmati, o’lmasimdan 

avval Aminani keltir…Bunday gunohkor holda huzuringga borishni istamayman. Bilaman, 

og’ir-og’ir gunohlar qildim. Menga so’nggi marotaba imkon ber, Allohim…Birdan 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling