Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

www.ziyouz.com kutubxonasi 

35

bo’limdagi pokiza yuzli, dindor assistant esimga tushdi. U har gal xonamga kirganida 



menga dalda berar, Allohga ishonishni va sabrli bo’lishni uqtirardi. Hatto bir kuni 

qo’limda “O’zimni topdim” kitobingizni ko’rib: 

-Men ham o’qidim. Juda yaxshi foyda oalsan, -degandi. Ha, bu masalada shu assistent 

yordam bera oladi. Uni topib, hamma narsani tushuntirishim va yordam so’rashim lozim. 

Ertalab birinchi qilgan ishim uni topish bo’ldi. Unga hamma narsani tushuntirdim. 

Farishtadek bir o’spirin. Meni ko’zyoshlari ila tingladi. Menga yordam berishini so’rab 

yolvordim.  

-Xavotirlanman, -dedi. Hammasi yaxshi bo’ladi. Men senga yordam beraman.  

Bir necha soatdan keyin muloyim, go’zal, mehribon va xushhulq bir qiz bilan kirib keldi.  

-Senga unashtirilgan qizimni tanishtirmoqchiman va u sen istagan masalada 

yordamlashadi, -dedi 

Allohning ishlarini qarang, u ham huquqshunoslikda o’qir ekan. Xuddi ruhiyatshunosga 

o’xshaydi. Juda ilg’or, juda ko’ngilga yaqin. Ko’rganlarimni unga ham tushuntirdim. Meni 

quchoqlab, yig’lay boshladi.  

-Sen gunohlaringni o’ylab, umidsizlikka tushma, -dedi u menga. Bular qanday yaxshu 

mujdalar. Bizlar ibodatlarimizni, qulligimizni oqsatmaganimiz holda bunday lutfu ikromga 

munosib bo’lolmadik. Allohning cheksiz marhamati, shafqati va sevgisi seni panohiga 

olsin. Seni qutlayman. Hatto havasim kelyapti, senga hasad qilyapman 

Shunday shirin so’zlar, go’zal harakatlar bilan meni umidlantirar, e’zozlar edi. Qo’llaridan 

tutdim. Balki yoshi mendan kichikdir, bilmadim. Hech qisi yo’q. Menga yordam berishni 

so’radim.  

-Mening vaqtim oz, -dedim. Umrimni bir necha kunga sig’dirishim kerak. Menga yordam 

ber. Qayerdan, qanday boshlay? 

-Sen hafa bo’lma, shoshilma, -dedi. Endi sen bilan birgaman. Avval namozdan 

boshlaymiz, keyin kitob o’qiymiz, suhbatlashamiz, kamchilikarimizni tuzatishga harakat 

qilamiz.  

-Xo’p, -dedim. Men bularni qilishim kerak Hali aqlim, qalbim so’roqlarga, shubhalarga 

to’la, bulardan qutulishim, iymonli bo’lishni xohlayman.  

-Qo’rqma, -dedi. Hammasi joyida bo’ladi… 

 


Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling