Kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlari va don sifati ko‘rsatkichlari
Tajriba dalasida o’tkazilgan asosiy agrotexnologik ishlar (2021 – 2022 yy.)
Download 0.77 Mb.
|
Do\'sqobilova dissertatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajarilgan ishlar nomi Ish qurollari O’tkazilgan vaqti va soni
- III. BOB TADQIQOT NATIJALARI 3.1-§. Mineral va organik o’g’itlarni tuproqdagi harakatchn oziq moddalar miqdoriga ta’siri
2.5.1– jadval
Tajriba dalasida o’tkazilgan asosiy agrotexnologik ishlar (2021 – 2022 yy.)
III. BOB TADQIQOT NATIJALARI 3.1-§. Mineral va organik o’g’itlarni tuproqdagi harakatchn oziq moddalar miqdoriga ta’siri Olib borilgan tajriba dalasidagi kuzgi bug‘doyni oziqlanishini mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llash hisobiga yaxshilanish, uning o‘sishi, rivojlanishi va xosildorligini oshirdi. Tajribada davomida tuproq tarkibida nitratli azot miqdorining dinamikasi o‘rganildi. Tajriba paykallari tuprog‘i tarkibida xar oyning ikkinchi 10 kunligida nitratli azot miqdori 0-20, 20-40, 40-60 sm qatlamlarda o‘rganildi. Harakatchan oziq moddalar o’simliklar tamonidan o’zlashtirila oladigan shaklda bo’lib, ekinlar oziqlanishida katta ahamyatga ega. O’simliklar azotni ikki xil shaklda ammoniy (NH4+) va nitrat (NO3-) holida o’zlashtiradi. Ularning tuproqlarda ko’p bo’lishi kuzgi bug’doy oziqlanishini muqobillashtiradi. Tuproqda mineral azotni keskin oshiradigan omillardan biri azotli o’g’itlar qo’llash hisoblanadi. Bizning tajribada azotli o’g’itlar qo’llanilmaganda ammoniy shaklidagi azot kuzda kuzgi bug’doy ekilgandan so’ng borgan sayin kamayib bordi. Erta bahorda esa aksincha yana qaytadan orta boshladi, ya’ni tuproq bahorda o’zining ammonifikasion qobilyatini tiklaydi. Bunday holat aprellargacha davom etdi. Kiyin tuproqda ammoniy shaklidagi azot kamaya boshlaydi. Bu holat ushbu davrda kuzgi bug’doyning azotli birikmalarni keskin o’zlashtirishi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Demak azotli o’g’itlar qo’llanilmaganda tuproqdagi ammoniy shakldagi azot miqdori optimal ko’rsatkichdan ancha past bo’ladi. Bu esa kuzgi bug’doyning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ancha salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, nazorat variantda tuproqda ammoniy shaklidagi azot miqdori oktyabr oyida 0-20 sm tuproq qatlamida 11,2 mg/kg tuproqda, 20-40 sm qatlamda 8.1 mg/kg tuproqda, 40-60 sm qatlamda 4,3 bo’ladi. N160P120K80 variantida oktyabr oyida 0-20 sm tuproq qatlamida 14,1 mg/kg tuproqda, 20-40 sm qatlamda 10,2 mg/kg tuproqda, 40-60 sm qatlamda 6,3 mg/kg tuproqda bo’ladi. N200P150K100 variantida oktyabr oyida 0-20 sm tuproq qatlamida 15,8 mg/kg tuproqda, 20-40 sm qatlamda 11,2 mg/kg tuproqda, 40-60 sm qatlamda 5,3 mg/kg ni tashkil qildi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling