Kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlari va don sifati ko‘rsatkichlari


Mineral va organik o’g’itlarni kuzgi bug’doy tuplanishi va poyalar mahsuldorligiga tasiri


Download 0.77 Mb.
bet19/30
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1580667
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
Do\'sqobilova dissertatsiya

Mineral va organik o’g’itlarni kuzgi bug’doy tuplanishi va poyalar mahsuldorligiga tasiri



Variantlar

Bitta o’simlikdagi poyalar soni

1m2 maydondagi poyalar sonni

Umumiy

Mahsuldor

Umumiy

Mahsuldor

1
Nazorat

1.31

1.01

450.1

281.4

2

N160P120K80

2.42

1.78

900.2

662.2

3

N200P150K100

2.48

1.82

925.0

678.9

4

N160P120K80+20 t/ga go’ng

2.50

1.83

925.0

677.1

5

N200P150K100+20 t/ga go’ng

2.52

1.83

932.4

677.1

Kuzgi bug’doyning poyasini balandligi ham muhim biometrik ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. O’simlik bo’yi qancha baland bo’lsa barglar soni shuncha ko’p bo’ladi va fotosintez jadal boradi.
3.3-§. Mineral va organik o’g’itlarni kuzgi bug’doy hosildorligiga ta’siri
Mineral va organik o’g’itlarni qo’llash natijasida tuproqda harakatchan oziq moddalar miqdorini ortishi, o’simlikning o’sish rivojlanishini jadallashishi kuzgi bug’doyning hosildorligiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Olingan ma’lumotlardan kuzgi bug’doydan hosilni o’simlikning bo’yi quruq modda to’plashi kabi ko’rstkichlarga bog’liqligi ma’lum bo’ldi. Shu bilan birga bu ko’rsatkichlarning barchasi tuproqdagi harakatchan oziq moddalar, ayniqsa mineral azot, fosfor va kaliy miqdoriga bog’liqligini tadqiqot natijalari ko’rsatdi. Masalan, nazorat variantida kuzgi bug’doy hosildorligi 13,8 s/ga ni tashkil etib eng past miqdorni qayd etdi. Bu holat kuzgi bug’doydan mineral o’g’itlarsiz yuqori hosil olib bo’lmasligini bildirdi.
Mineral o’g’itlar qo’llanilganda don hosili keskin ortdi. Shu bilan birga minerali va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda kuzgi bug’doy hosildorligi ortib boradi. Masalan, N160P120K80 variantida o’rtacha 33,1 s/ga hosil olingan bo’lsa, N200P150K100 variantida 41,6 s/ga, N160P120K80+20 t/ga go’ng variantida 47,9 s/ga tashkil etib, N200P150K100+20 t/ga go’ng variantida 54,6 s/ga hosildorlikka erishildi (3.3.1-jadval).
3.3.1-jadval
Mineral va organik o’g’itlarni kuzgi bug’doy doni hosiliga ta’siri, s/ga



Variantlar

Qaytariqlar

Jami

O’rtacha

Nazoratga nisbatan qo’shimcha hosil

I

II

III

IV

s/ga

%

1
Nazorat

12.5

14.1

13.4

15.2

55,2

13,8

-

100

2

N160P120K80

31,1

32,5

34,6

32,7

132,4

33,1

19,3

225,3

3

N200P150K100

41,2

42,4

41,0

41,8

166,4

41,6

27,8

301,4

4

N160P120K80+20 t/ga go’ng

47,4

48,1

47,3

48,8

191,6

47,9

34,1

347,1

5

N200P150K100+20 t/ga go’ng

54,2

55,1

54,3

54,8

218,4

54,6

40,8

395,6

Mineral va organik o’g’itlar hisobiga olingan qo’shimcha hosil yuqoridagiga mos ravishda 19,3; 27,8; 34,1; 40,8 s/ga yoki 225,3;301,4;347,1;395,6 foizni tashkil etdi. Hosildorlikning bunday ortishi ishonarli bo’lib tajriba xatoligidan sezilarli yuqori. Demak, mineral o’g’itlar kuzgi bug’doy hosildorligini oshiruvchi radikal tadbir hisoblanadi. Tajriba ma’lumotlari bo’yicha eng yaxshi variant bo’lib N200P150K100+20 t/ga go’ng kg/ga mineral o’g’it me’yori hisoblanadi. Mineral o’g’itlar fonida 20 t/ga go’ng qo’llanilganda kuzgi bug’doy don hosilini 13,0 s/ga oshirdi. Shunday qilib, Qiziriq tumani sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlari sharoitida kuzgi bug’doy uchun N200P150K100+20 t/ga go’ng eng optimal hisoblanadi.
3.4-§. Mineral va organik o’g’itlarni kuzgi bug’doy hosili sifatiga ta’siri
Mineral va organik o’g’itlar don sifati ko’rsatkichlariga ham ta’sir qildi. Don sifatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlarga oqsil miqdori, don naturasi, kleykovina miqdori, shishasimonligi, kraxmal miqdori, 1000 ta don massasi kiradi. Oqsil tarkibida azot ko’p bo’lganligi uchun uning dondagi miqori azotli o’g’itlar qo’llanilishiga bog’liq bo’ladi. Mineral va organik o’g’itlar qo’llanilishi natijasida dondagi oqsil miqdori sezilarli ortdi. Mineral o’g’itlar me’yorining ortishi bilan dondagi oqsil miqdori ishonarli ko’paydi. Masalan, nazorat variantida dondagi oqsil miqdori 12.55 % bo’lgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich N160P120K80 variantida 13.80 % ni, N200P150K100 variantida 14.25 % ni, N160P120K80+20 t/ga go’ng variantida 14.50 % ni, N200P150K100+20 t/ga go’ng variantida 14.82 % ni tashkil etdi (3.4.1-jadval).
Demak, mineral va organik o’g’itlar qo’llash natijasida dondagi oqsil miqdori keskin ortadi. Eng muhim sifat ko’rsatkichlardan biri don naturasi hisoblanadi. Don naturasi donning bo’liqligini ko’rsatadi. Tajribada mineral va organik o’g’itlar qo’llash natijasida don naturasining ortishi aniqlandi. Demak, kuzgi bug’doy oziqlanishi qancha yaxshi bo’lsa, don naturasi shuncha yuqori bo’ladi. Mineral o’g’itlar me’yori ortishi bilan don naturasi ham sezilarli ko’payadi. Masalan, nazorat variantida don naturasi 742 g/l bo’lgan bo’lsa, N160P120K80 variantida 760 g/l, N200P150K100 variantida 768 g/l, N160P120K80+20 t/ga go’ng variantida 771 g/l, N(250), N200P150K100+20 t/ga go’ng variantida 774 g/l ni tashkil etdi (3.4.1-jadval).

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling