Kuzov haqida malumot Reja


Koptarish mexanizmiga texnik xizmat koprsatish


Download 81.5 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1627789
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kuzov haqida malumot

Koptarish mexanizmiga texnik xizmat koprsatish. 1-TXK da rama ostligi va koptarish mexanizmining sharnirli birikmalari ko’zdan kechiriladi, koptarish mexanizmining ishlashi hamda kuzovning saqlash tiragi, shuningdek ketingi bortning berkitish qurilmasining yaroqliligi tekshiriladi. Rama ostligining ramaga mahkamlanishi, quvvat olish qutisi karterining uzatmalar qutisiga mahkamlanishi, platforma osmasi kronshteynining birikmasi, koptarish mexanizmi shtokining birikmasi mahkamlanadi. Tizimdagi moy sathi tekshiriladi va zarur bo`lsa kamiga quyiladi yoki grafikka muvofiq moy almashtiriladi. Koptargichning tsapfalari va koptargichning platforma bilan birikmasi solidol surkab moylanadi, quvvat olish qutnsi richagi, boshqarish jumragining sharnirli ulamalari, ketingi bortni mahkamlash sharnirlari va uning berkitish mexanizmi esa suyuq moy bilan moylanadi. Koptargichning korpusidagi to`plangan cho`kindi to`kib tashlanadi.
2-TXK da qo`shimcha ravishda sharnirli birikma barmoqlari sh’ilkalarining stoporlash vintlari, koptarish mexanizmi kronshteynlarining ramaga mahkamlanishi va moy nasosining mahkamlanish joylari mahkamlanadi, ketingi bort berkitish qurilmasining tortqilari rostlanadi, gidravlik tizimning germetikligi ko’zdan kechirib tekshiriladi.
Avtomobil-o`ziog`dargichning koptarish mexanizmiga mustahkam tirak qo`ymasdan turib texnik xizmat koprsatish taqiqlanadi. Kuzov, kabina va qanotlarning yaxlit metalldan payvandlab ishlangan korpuslarini ta`mirlash
Kuzov va kabinalarni qismlarga ajratish. Avtomobil birga sirtlari yuvilgan kuzov va kabinalar shassidan ajratib olinadi va avval qisman qismlarga ajratiladi, bunda korpusni ichki va tashqi tomonlardan berkitib turuvchi barcha detallar olinadi. Olingan detallar holatiga qarab komplektlash, ta`mirlash yoki util omboriga tushirish uchun tegishli ishlab chiqarish uchastkalariga jo`natiladi.
Kuzov (kabina) korpusidan eskirgan bo`yoq qo`lda metall qirg`ich va cho`tkalar yordamida yoki bo`yoqni ketkazuvchi pasta va suyuqliklar ishlatib kimiyoviy usul bilan yoxud ‘itra otish usulini qo`llab ketkaziladi. Oxirgi usul lok-bo`yoq pardani yuzadan tozalab tushiradi va bo`yaladigan kuzov yuzasini oldindan sifatli qilib bo`yashga tayyorlashga mos keluvchi g`adir-budurlik hosil qiladi.
Kuzov (kabina) butunlay detallarga ajratilmaydi, chunki uning ko’p qismi payvandlab yasalgan. Kuzovni (kabinani) tekshirish va zarur bo`lganda tutib turuvchi hamda boshqa shikastlangan elementlarini almashtirish mumkin bo`ladigan darajada qismlarga ajratiladi. panellarni biriktirib turgan boltlar burab olinib, nuqsonli payvandlanadigan joylari qirqiladi, parchinlangan choklari parchin mixlar kallaklarini olib tashlab, ajratiladi. Ko’zdan kechirish mumkin bo`lgan detallar birikmasi shikastlanmagan bo`lsa, qismlarga ajratilmaydi.
Kuzovlar (kabinalar) korpuslarining asosiy nuqsonlari: korroziyalanib shikastlanadi; deformatsiyalanadi, pachoqlanadi, eziladi, teshiladi va yirtiladi; payvand birikmalar yemiriladi; toliqib darz ketadi; ishqalanish oqibatida material yupqalashadi; detallar mahkamlanadigan joylardagi rezbalar shikastlanadi.
Detallarning geometrik o`lchamlariga qarab ularning yaroqliligini aniqlash imkonini beruvchi nazorat andaza va konduktorlar yordamida kuzovlarning (kabinalar) nuqsonlari aniqlanadi. O`tqazish joylari shikastlangan detallar, to`g`rilab tiklashning iloji bo`lmagan deformatsiyalangan detallar, shuningdek korroziya natijasida ko’p yemirilgan detallar yaroqsizga chiqariladi. Detal qisman korroziyalangan bo`lsa, u tiklanadi.
Kuzovlarni (kabinalar) qismlarga ajratish, nuqsonini to’ish va ta`mirlash qulay bo`lishi uchun stendlardan (rasm) foydalaniladi. Kabina stendning buriladigan ramasiga 9 o`rnatilib, ikki joyidan mahkamlanadi. Kabinani ta`mirlashda u dasta yordamida A-A o`qi atrofida aylantiriladi va uning holati stopor bilan qotirib qo`yiladi.
Kuzovlar (kabinalar) va qanotlarning shikastlangan joylarini bartaraf etish. Kuzovlar (kabinalar) va qanotlarni tiklash texnolognk jarayoni ma`lum tartibda bajariladigan operatsiyalarni o`z ichiga oladi
Kuzov va kabinalarning deformatsiyalangan korpuslarini kuch gidrotsilindrlari bilan ta`minlangan stendlarda yoki uzaytirgichlar to`’lami yordamida qisman to`g`rilanadi. Kuzov korpuslari ko’p deformatsiyalanganda qizdirib to`g`rilash, kam deformatsiyalanganda esa sovuqlayin to`g`rilash usuli qo`llaniladi. Dastlabki to`g`rilash payvandlash ishlari boshlanishi oldidan bajariladi, chunki uzaytiruvchi kuch qo`llanilganda detal darz ketishi yoki yorilishi mumkin. Bu nuqsonlar payvandlab bartaraf etiladi.
Kuzovlar va kabinalarning shikastlangan joylari gaz payvand yordamida kesib yoki pnevmatik yuritmali «qaldirg`och dumi» shaklidagi keskich bilan kesib olib tashlanadi. Kesishdan oldin shikastlangan joylar andazalar yordamida bo`r bilan rejalanadi, andazalar shakli qo`shimcha ta`mir detallariga mos kelsada, biroq ulardan har tomonga 25 mm kichikdir.
Qo`shimcha ta`mir detallarini tayyorlash odatda varaq ‘rokatni belgilashdan boshlanadi. Unga detalning tashqi konturi, ichki kesmalar konturlari va teshiklar o`rni chiziladi, shuningdek bukish joylari ham koprsatiladi. Varaq ‘rokat to`g`ri va doira ‘ichoqlar bilan jihozlangan gilotina qaychida reja buyicha kesiladi. Zagotovkalarni tayyorlashning aniqroq va samaraliroq usuli ‘rokatni gilotina qaychi va press-qaychida tayanchdan foydalanib rejasiz yoki quyma andazalar yordamida kesishdir.
Zagotovkalarni bukish odatda universal bukish shtam’larida ekstsentrik yoki friktsion presslarda, kamdan-kam hollarda esa profil bo`yicha bukish dastgohlarida profillangan asbobdan foydalanib bajariladi.
Havol fazoviy detallar qo`lda va urib chiqarish mashinasida, maxsus matritsalarda (qoli’-bloklarda) qoli’lab, bosqonlarda shtam’lab, presslarda cho`zib tayyorlanadi.
QTD dagi teshiklar presslarda andazalar yoki bo`lish-nusxa kopchirish qurilmalari yordamida shtam’larda presslab ochiladi. Teshiklarni parmalab ochish unumsiz va tejamsiz usuldir.
Darzlar, teshiklar va yoriqlar gaz payvand yordamida yoki karbonat angidrid gazi muhitida yoy yordamida payvandlab bartaraf etiladi. Darzning ko’payib ketishiga yo`l qo`ymaslik uchun payvandlash oldidan uning uchlari parmalanadi, so`ngra payvandlanadigan joylar to`g`rilanadi.
payvand choklarni bolg`alash va tozalash payvandlanadigan joyni puxtalash, germetiklnkni yaxshilash hamda kuzovni zarur profilga keltirish maqsadida bajariladi. Bolg`alash uchun pnevmatik to`g`rilash bolg`asi va tirgaklar komplektndan foydalaniladi. payvandlangan joylar pnevmatik yoki elektr jilvirlash mashinalariga o`rnatilgan jilvir toshlar yordamida tozalanadi.
Kuzov va kabinalarni pardozlash ularga to`g`ri geometrik shakl va zarur g`adir-budurlik berish uchun mo`ljallangan. Eyilgan va do`ppaygan joylar pnevmatik to`g`rilash bolg`alarida yoki qo`lda bartaraf etiladi. qoplamalar sirtidagi bir oz ezilgan joylar kavsharlab yoki plastik massalar bilan tekislanadi.
Kuzov yoki kabinaning tekislangan joylari korroziya izlaridan, payvandlashda hosil bo`lgai kuyundi va g`uddalar pnevmatik yoki elektr jilvirlash mashinalari yoxud elektromexanik cho`tkalar yordamida tozalanadi. Kuzov yoki kabina sirti ishqorli eritma bilan yog`sizlantirilgach, suv bilan yuviladi, issiq havo bilan quritiladi, keyin grunt qatlami surkaladi, shpaklyovkalanadi va pnevmatik yoki elektr jilvirlash mashnnalari yordamida, shuningdek qo`lda pemza va jilvir qog`oz yordamnda jilvirlanadi.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling