Kuzov haqida malumot Reja
Kuzov va kabinalarni yig`ish hamda bo`yash
Download 81.5 Kb.
|
Kuzov haqida malumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzov va kabinalar jihozlarini ta`mirlash
- Eshik qulfini ta`mirlash.
Kuzov va kabinalarni yig`ish hamda bo`yash. Yig`ish ishlari ikki bosqichda bajariladi. Birinchi bosqichdagi ishlar kuzov va kabinalarni bo`yashdan oldin bajariladi. Kuzovga eshiklar, kapot, qanotlar, radiator qoplamasi, brizgoviklar va kuzov bilan birga bo`yaladigan boshqa detallar, shuningdek, bo`yalgandan keyin yig`ish vaqtida lok-bo`yoq qo’alamani shikastlantirishi mumkin bo`lgan detallar ham o`rnatiladi. Yig`iladigan qismlar avval ta`mirlangan va ularga grunt surkalgan bo`lishi kerak.
Ikkinchi bosqich ishlari bo`yalgan kuzov hamda kabinalarni yig`ishdan iborat bo`lib, bunda ularga barcha ta`mirlangan detallar va yig`ish birliklari o`rnatiladi. Kuzovlar, kabinalar va qanotlarning lok-bo`yoq qoplamasi yuqori darajada himoyalash-manzarali xususiyatlarga ega bo`lishi lozim. Avtomobil harakatlanayotganda chiqadigan shovqinni kamaytirish uchun, shuningdek korroziyadan saqlash maqsadida metall kuzovlarning ichki sirtlariga to`zitkich yoki pnevmatik purkash qurilmasi yordamida zichlash va shovqinga qarshi mastikalar purkaladi. Birinchi (nuqson aniqlaydigan) surkalgan bo`yoq qatlami kuzov sirtini jilvirlagandan keyin qolgan barcha nuqsonlarni aniqlash imkonini beradi. Aniqlangan nuqsonlar tez quriydigan shpaklyovka surkab bartaraf etiladi, keyin sirtlar jilvirlanadi, so`ngra kuzov (kabina) bo`yashga torshiriladi. Kuzov va kabinalar jihozlarini ta`mirlash Qatlamli plastika (avtobuslarda), to`qima materiallar yoki charmsimon materiallar (engil avtomobillarda) va kartondan (kabinalar) iborat kuzov qoplamasi quyidagicha ta`mirlanadi: qoplamaning qirqib olingan qismi o`rniga taglik qo`yib qTD yelimlab yo’ishtiriladi; bunda qTD qirqib olingan o`yiqcha zich kirgizilib, taglik qoplamaning orqa tomonida joylashtiriladi. qTD va taglik qoplamaga ishlatilgan materialdan tayyorlanadi. Eshik qulfini ta`mirlash. Eshik panelidan montaj lyuki, so`ngra esa mahkamlash vintlarini burab olib, dastalar, qulf yuritmasi va qulfning o`zi olinadi. qulflar qismlarga ajratib bo`lingach, barcha detallar kerosin quyilgan vannada obdon yuviladi va quriguncha artiladi. Siniq joylari bor korpus detallar yaroqsizga chiqariladi. Korpuslardagi darzlar payvandlanadi, yeyilgan ishchi sirtlariga ta`mir o`lchamiga mos ravishda ishlov beriladi yoki suyuqlantirib qoplanadn va ishchi chizmasiga muvofiq ishlov beriladi. CHaqalangan rezba metchik bilan qayta ochiladi. Rezbasi shiykastlangan teshik payvandlanib, payvandlash natijasida hosil bo`lgan g`uddalar korpusning asosiy metali bilan bir tekis qilib tozalanadi, qaytadan teshik parmalab ochiladi va zarur o`lchamda rezba qirqiladi. Singan va egiluvchanligini yo`qotgan prujinalar yangisiga almashtiriladi. yemirilgan manjetlar, salniklar, zichlash halqalari va qistirmalar ham yangisiga almashtiriladi. Detallar ta`mirlangandan yoki almashtirilgandan keyin mexanizmlar yig`iladi va rostlanadi. Rotor tishini fiksator tishi yetarli darajada qoplamaganda fiksator olinadi hamda ular bilan eshik ustuni orasidagi metall qistirma shunday o`rnatiladiki, bunda rotor tishi fiksator tishini kamida 5 mm kengroq qoplasin. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling