Kuzov haqida malumot Reja


Isitish va ventilyatsiya tizimlarining asosiy buzuqliklari


Download 81.5 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1627789
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kuzov haqida malumot

Isitish va ventilyatsiya tizimlarining asosiy buzuqliklari: havo quvurlari va ichaklarning germetikligi buziladi, havo filtri kirlanadi, elektr simlar yoki ventilyatorni aylantiruvchi elektr dvigateli kollektorining plastinalari tutashib qoladi.
Tutashmalarning nogermetikligi suv oqishidan va havo o`tishidan aniqlanadi. Nogermetiklik birikmalarni mahkamlab, ayrim detallarni kavsharlab va almashtirib bartaraf etiladi. Kirlangan filtr kerosinda yuviladi.
Kuzovlarga texnik xizmat koprsatish. KTXK da platforma bortlarining, eshiklarning qulflari va oyna koptargichlarning ishga yaroqliligi, orqani koprsatish kopzgusining o`rnatilishi, qishda esa isitish tizimining ishga yaroqliligi tekshiriladi; kabina va platforma tozalanadi, avtomobil yuviladi, radiator qoplamasi, kapot, qanotlar, kabina devorlari va oynasi hamda nomer belgilari artiladi.
1-TXK da bu ishlarga qo`shimcha ravishda oyna tozalagichlarning ishlashi, brizgovik va qanotlarning mahkamlanishi, platformaning avtomobil ramasiga mahkamlanishi, kuzov bo`yog`ining, suyanchiq va o`rindiqlar qoplamalarining holati tekshiriladi.
2-TXK da 1-TXK da bajariladigan ishlarga qo`shimcha ravishda kabinaning ramaga mahkamlanishi tekshiriladi, (qanotlar, oyoq qo`yadigan zina’oyalar, brizgoviklar, yonilg`i baklari kronshteynlarga va kronshteynlar esa ramaga mahkamlanadi, kuzov ilgaklari va qulflari moylanadi.
Avtomobil-o`ziog`dargich koptarish mexanizmining texnik holatini tekshirish va buzuqliklarini bartaraf qilish. Koptarish mexanizmining asosiy buzuqliklari: quvvat olish qutisi qiyin qo`shiladi va o`z-o`zidan ajralib ketadi, sharnirli birikmalar yeyiladi, birikma hamda salniklardan moy oqadi, moy nasosi va boshqarish jumragi yeyiladi, gidravlik tizimga havo kirib qoladi.
quvvat olish qutisining buzilishiga polzunlar, fiksatorlar, shesternya tishlarining yeyilishi, shuningdek yetakchi shesternyani qo`shish vilkasi polzunining holati noto`g`ri rostlanishi sabab bo`ladi. Agar buzuq qutini rostlash bilan tiklab bo`lmasa, unda quti qismlarga ajratiladi va yeyilgan detallar almashtiriladi.
Birikmalardan moy oqishini bartaraf etish uchun ular mahkamlanadi, buzuq salniklar esa almashtiriladi.
Kuzovning sekin koptarilishi moy nasosining shesternyalari va bronza qistirmalarning yeyilganligidan darak beradi. Kuzovning o`zidan-o`zi tushishiga boshqarish jumragi va haydash klapanining germetik yo’ilmaganligi sabab bo`ladi.
Kuzovning notekis yoki sekin koptarilishi, keskin tushishi, shuningdek moyning ko’piklanishi gidrotizimga havo kirganini bildiradi. Havoni chiqarib yuborish uchun platformani koptarib, ehtiyot tiragiga qo`yiladi. ‘lunjer kallagidagi to`kish teshigining berkitish vintini (telesko’ik koptargichda) ikki-uch aylanishga burab chiqarib va quvvat olish qutisini boshqarish richagini koptaring holatiga qo`yib, dvigatelning tirsakli vali kichik chastotada aylanayotganda to`kish teshigidan ko’piksiz toza moy chiqqunga qadar tizimga moy haydaladi. So`ngra berkitish vinti burab mahkamlanadi va kamiga moy quyiladi.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling