Kuzov haqida malumot Reja


Download 81.5 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1627789
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kuzov haqida malumot

Oynalarni ta`mirlash. Har qanday shikastlangan oynalar (darz ketgan, sariq dog`, har xil rangli dog`lar tushgan, tirnalgan va chiziqchalar tushgan) albatta almashtiriladi.
YUk avtomobillari kabinalaridagi old ‘anorama oynasini almashtirish uchun shuru’lar burab olinadi va mahkamlash ustqo`ymalari olinadi, asboblar panelini mahkamlash sh’lintlari burab chiqariladi hamda u osongina suriladi. So`ngra zichlagich taroqchasi egiladi va oynani tashqarisidan qaggiq siqib turib oynaning avval o`ng yoki cha’ yuqorigi burchagi, keyin uning butun yuqori qismi bo`shatiladi, oyna chiqariladi va zichlagich olinadi. Kuzov va kabinalarning tushiriladigan oynalarini almashtirish uchun ichki dastalar va qoplamalar olingach, kulisani oynaning oboymasiga mahkamlovchi birikmalar burab chiqariladi, oyna ustuni olinadi va oynani bir oz qiyalatib, yuqoriga tortib joyidan chiqarib olinadi. qismlarga ajratilgach, tushiriladigan oynalar oboymalarining va buralma oynalar ramkalarining holati hamda to`g`ri chiziq bo`ylab joylashishi tekshiriladi. Zarur bo`lganda oboyma va ramkalar opravkalar yordamida to`g`rilanadi. Oynalar oboyma va ramkalarga stendda presslab joylanadi. Oynalarni ‘azlariga tig`iz va erkin o`rnatilishiga yo`l qo`yilmaydi, chunki birinchn holda oyna sinadi, ikkinchi holda esa avtomobil harakatlanayotganda titraydi.
Oynalarni joyiga o`rnatish ishlari ularni chiqarib olishdagiga teskari tartibda bajariladi.
Oynakoptargich qismlarga ajratib bo`lingach, detallar obdon yuviladi va yaroqli-yaroqsizga ajratiladi. Detallar ham eshik qulfining detallari kabi usulda tiklanadi. Oynakoptargichni yig`ish vaqtida yuritish valigini siqmagan holda o`q bo`ylab o`rnatish zarur. U yig`ilgach, tormoz qurilmalarining ishlashi va oynakoptargichning ravon harakatlanishi tekshiriladi.
Old oynani yuvish qurilmasini ta`mirlash. qurilmaniig asosiy buzuqliklari nasos diafragmasining shnkastlanishi, klapan va forsunkalarning kirlanishidan iborat. SHikastlangan diafragma almashtiriladi, kirlangan klapan va forsunkalar siqilgan havo bilan tozalanadi.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling