Kvant biofizikasi elementlari


Download 45.05 Kb.
bet9/10
Sana11.01.2023
Hajmi45.05 Kb.
#1088975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kvant biofizikasi elementlari

Aminokislotalarda hosil bo’ladigan erkin radikallar. UB yoki ionlantiruvchi nurlar ta’siridan hujayraning suv fazasida erigan yoki oqsil tarkibiga kirgan aminokislotalarda, nuklein kislotalar azot asoslarida ham radikalli holat yoki erkin radikallar paydo bo’ladi.

AN - aminokislota, A*N- uning qo’zg’algan shakli, A’Hq - aminokislota kation radikali, e-- elektron, e-gidr - gidratlangan elektron.
U yoki bu sababga ko’ra, paydo bo’lgan e-gidr oqsil tarkibida uchraydigan disulfid ko’prigini uzib, erkin radikal hosil qilishi mumkin. Nuklein kislotalarda, UB yoki ionlantiruvchi nurlar ta’sirida, ko’p­roq timin qoldig’ida radikal holati qayd etiladi.
Xinon erkin radikallari. Mixaelis (1939) biologik oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ikki elektronning ko’chirilishi bilan kechib, jarayon ikki bosqichda, oraliq modda (erkin radikal demoqchi) hosil qilish bilan kechadi deb ta’kidlagan edi, ya’ni:

Tabiatan shu xil reaksiyalar, mitoxondriya nafas zanjirida amalga oshib, ular elektron transportini amalga oshiradi.


Lipid erkin radikallari. Hujayra membranasining asosiy moddalaridan bo’lmish lipidlar tarkibidagi yog’ kislotalari muayyan sharoitda (UB, ionlantiruvchi radiasiya yoki CCl4 singari moddalar ta’sirida) erkin radikalli oksidlanadi. Jarayon muayyan bir erkin radikal (R’) boshlab beradi:
RH Q h  R’ (boshlovchi reaksiya );
R’ Q O2  RO2 (reaksiyaning davom ettirilishi);
RO2’ Q RH  ROOH Q R’ (zanjirning tarmoqlanishi)
ROOH  RO’ Q OH’
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
2 RO2’  P (qo’zg’algan va asosiy holatga o’tgan mahsulot).
Antioksidantlar fenol tabiatli moddalar, masalan, 0-tokoferol, -karotin, ionol, umumiy kislorodning faol turlari bilan ta’sirlasha oladigan birikmalardir.
Eslatma. Jarayonda hosil bo’lgan antioksidant radikali (X’ sifatida) zanjirning boshlanishida ishtirok etishi mumkin.
Biologik membranalarda to’yinmagan yog’ kislota qoldiqlariga ega fosfolipidlar asosan pereksli oksidlanishga (LPO) yo’liqadi. Buning nati­jasida membrananing yopishqoqligi oshadi, ko’ndalang tiqilishlar paydo bo’ladi, harakatchanligi cheklangan, tartiblangan lipidlar soni or­tadi. LPO reaksiyalari natijasida paydo bo’lgan R’, RO2’ radikallari qay­ta birlashganda katta miqdorda ( 7-100 kkalG’molü) energiya ajralib chiqadi. Aynan mana shu energiya, reaksiya mahsulotlarini qo’zg’algan holatga o’tkazish uchun etarlidir. qo’zg’algan holatdagi mahsulot­ning asosiy holatga o’tishi, xemilyuminessensiya kvantlarining ajra­lishi bilan boradi. To’yingan yog’ kislotalaridan RO’2 va ROOH hosil bo’lganda -NSqSN- bog’ joyidan ko’chib, qo’shbog’larning konyugasiyalan­gan birgalikda bog’lanishi yuzaga keladi. Gidroperyokis - ROOH dan nav­batda har xil aldegidlar, jumladan, malon aldegidi ham hosil bo’lib, u yoki bu eksperiment sharoitida, uning miqdoriga qarab, LPO reaksiyalari intensivligi haqida xulosalar shakllantiriladi. Bayon etilgan jarayon lipidlarning peryokisli oksidlanishi (LPO) nomi bilan yuritiladi.



Download 45.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling