Kvarsli oltin tarkibli rudalarni uyumda tanlab eritishning texnologik sxemasini tanlash va asoslash
-jadval Maydalagichning katolikdagi texnologik xarakteristikasi
Download 0.73 Mb.
|
Namuna Uym (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5 Uyumning geometrik parametrlarini hisoblash
- 2.6 Sizdirib o’tkazish usulida sianllab eritmaga o’tkazilgan oltinni ajratib olishni hisoblash
13-jadval
Maydalagichning katolikdagi texnologik xarakteristikasi
Birinchi bosqichdagi maydalagichga mahsulot yuklash koeffisientini hisoblaymiz: K1= Ql ich/Qmay ich=600,81/380= 1,58=2 dona Bu yerda Ql ich – Loyihadagi ishlab chiqarish unumdorligi t/s, Qmay ich – 1 ta maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligi t/s. Birinchi bosqich maydalash jarayoniga 2 ta 1312HD markali jag’li maydalagichni tanlaymiz. Ikkinchi va uchunchi bosqich maydalash jarayoni uchun maydalagichlarga mahsulot yuklash koeffisientini hisoblaymiz: K2=379,01/260=1,45 =2 K3= 441,01/270=1,63=2 Ikkinchi bosqich maydalash jarayoniga 2 ta MP 1000 markali konusli maydalagichni tanlaymiz. Uchunchi bosqich maydalash jarayoniga 2 ta MP 1000 markali konusli maydalagichni tanlaymiz. To’rtinchi bosqich maydalash jarayoni uchun maydalagichlarga mahsulot yuklash koeffisientini hisoblaymiz: Maydalagichlar soni n= 252,58 /120=2,1=2 1˂n˂2, Hisoblarga mos rvishda 2 ta Rotorli maydalagich ODX-J1163 markali Rotorli maydalagichni tanlaymiz. Har bir maydalagichga mohsulotning kelishi quydagicha: Q=Q12/nQ=252,58 /2=126,29 t/s. Bunda birinchi bosqichdagi maydalagichga mahsulot yuklash koeffisientini quydagiga teng: K4=126,29/120=1,05 2.5 Uyumning geometrik parametrlarini hisoblash Uyumni geometrik o’lchamlarini hisoblashda quydagilarni qabul qilamiz. Dastlabki ma’lumotlar: - Ruda hajmining zichligi ρ=1,74 t/m3 - Uyumning qiyalik burchagi 2,4:1 (22,50) - yarusning qiyalik burchagi 1,4:1 (360) 94% maydalangan 3.25 mm sinf yiriklikdagi maydalangan rudaning 5 000 000 tonna massada uyumdagi hajmini aniqlaymiz. Zichligi 1,74 t/m3 bo’lganda, hajmi quydagini tashkil qiladi: V=m/ρ=5 000 000/1.74= 2 873 563,21 m3 Yarusning maksimal balandligi 10 metrda oshmasligi shart. Quydagi formula orqali uyum maydonini hisoblaymiz: S=V/h S=V/h=2 873 563,21 /10·3=95 785,44 m2≈95 800 m2 Uyumning maydonidan kelib chiqqan holda uning uzunligi va kengligini tanlaymiz: a=479 m, b=200 m Tekshirish: 479·200=95 800 Qilingan hisob kitoblardan kelib chiqqan holda uyumning geometrik o’lchamlari quydagicha: - Yaruslar soni 3; - Uyum maydoni S=95 800 m2; - Uyum uzunligi a=479 m; - Uyumning kenligi b= 200 m; - yarusning balandligi h=10 m. 2.6 Sizdirib o’tkazish usulida sianllab eritmaga o’tkazilgan oltinni ajratib olishni hisoblash Dastlabki ma’lumotlar : - Uyum maydoni S= 95 800 м2; - sizdirib o’tkazishda eritmaning zichligi ρорош = 18л/(м2ч)=0,018м3/(м2ч) - Qimmatbaho komponentning ajralshi Е=60% - natriy sian eritmasining parlanish orqali yo’qotilishi 10% -oltinning rudadagi miqdori 1,0 g/t - Kumushning rudadagi miqdori 1.2 g/t Oltin va kumushining natriy sian eritmasida erishi quydagi reaksiya orqali boradi 2Au + 4NaCN +0.5O2 + H2O = 2Na[Au(CN)2 + 2NaOH 2Ag + 4NaCN +0.5O2 + H2O = 2Na[Ag(CN)2 + 2NaOH 1 tonna ruda tarkibida oltinning miqdori 1,0 г/т, va kumushning miqdori 1.2 г/т bo’lsa unda qimmatbaho komponentlarning miqdori quydagini tashkil qiladi: Au=5 000 000·1,0=5 000 000 g=5000 kg Ag= 5 000 000·1.2=6 000 000 g=6000 kg 60% qimmatbaho komponentlarning ajralishida oltin va kumushning natriy sian eritmasiga o’tishi quydagi miqdorda bo’ladi: Au =5000·0,60=3000 kg Ag= 6000·0,60=3600 kg Quydagi tenglamadan uyumdagi ruda tarkibidagi oltin va kumushning eritmaga o’tkazish uchun sarf bo’ladigan NaCN eritmasini miqdorini hisoblaymiz: 394Au-------196 NaCN 1 кг Au -----Х кг NaCN Х = 0,497 кг 215,8 Ag ---------196 NaCN 1 кг Ag -----Х кг NaCN Х = 0,9 кг Uyumdagi ruda tarkibidagi hamma qimmatbaho komponentlarni NaCN eritmasi yordamida qattiq fazadan eritmaga o’kazishimiz uchun talab qilinadigan NaCN miqdorini hisoblaymiz: Au eritmaga o’tkazish uchun …….3000·0,497=1491 kg NaCN Ag eritmaga o’tkazish uchun ………3600·0,9=3240 kg NaCN Jami ………………………………………….. 4731 kg NaCN Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling