Kvarsli oltin tarkibli rudalarni uyumda tanlab eritishning texnologik sxemasini tanlash va asoslash


Download 0.73 Mb.
bet1/5
Sana01.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1737327
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Namuna Uym (2)


Kvarsli oltin tarkibli rudalarni uyumda tanlab eritishning texnologik sxemasini tanlash va asoslash

8-rasm. Kvarli oltin tarkibli rudalarni uyumda tanlab eritishning texnologik sxemasi.
Balansdan tashqari rudalar jag‘li maydalagichning qabul qilish bunkeriga yuklanadi, bu yerda kattaligi 150 mm o‘lchamgacha maydalanadi. Maydalagichdan oldin titrama elak o‘rnatilgan bo‘lib ruda massasini konditsion o‘lchamda to‘xtovsiz konveyerga yo‘naltirib turadi. Erkin shassening mavjudligi maydalagichnig devorga yaqinligiga bog‘liq bo‘lmagan holda joylashtirilib, dastgohning ish unumdorligini oshishiga olib keladi. Birinchi bosqich maydalashdan so‘ng ruda massasi konveyer tizim orqali ruda omboriga uzatiladi, bu yerdan ruda avvol ikkinchi bosqich maydalagichga yo‘naltiriladi (standart konusli maydalagich), so‘ngra uchinchi bosqich maydalagichga (ikkita qisqa konusli maydalagich), bu yerda ular 13 mm gacha yanchiladi. Maydalagichlar ochiq siklda ishlaydi mayda materiallarni olib tashlash uchun oldinda elak o‘rnatilgan bo‘ladi. To‘rtinchi bosqich maydalashda vertikal valli rotorli 16 ta maydalagich kiritilgan bo‘lib shundan hammasi yopiq siklda,bu yerda

ruda kattaligi -3,25 mm (94%) bo‘lguncha yanchiladi, tanlab eritish usuli bilan oltinni ajratib olishning eng iqtisodiy maqbul holatiga mos keladi.


Ruda, to‘rt bosqichli yanchib bo‘lingandan so‘ng konveyer tizimi orqali tanlab eritish uchastkasida yetkaziladi, bu yerda o‘ttizinchi o‘zi harakatlanuvchi konveyer va bitta shlak hosil qilish staker yordamida kengligi 80 m va balandligi 10 m bo‘lgan tanlab eritish uyumi taxlanadi. Navbatdagi qatlam taxlab bo‘lingach konveyerlar tizimi va stakerlarni keyingi qatlamni tayyorlash uchun joyi o‘zgartiradi. Loyihaga ko‘ra uyumning balandligi 80 m (har birining balandligi 10 m dan bo‘lgan 8 ta qatlam).
Konveyerda to‘rtinchi bosqich maydalab tanlab eritish uchastkasiga jo‘natiladigan rudaga sement qo‘shiladi, maqsad mayda zarrachalarni bir-biriga bog‘lash, changga ajralishni kamaytirish va tanlab erituvchi eritmani ruda orqali filtrlanish tezligini oshirish, bir vaqtning o‘zida uyumnmng barqarorligini oshirish. Eritma pH muhitini nazorat qilish uchun ohakdan foydalaniladi, natriy sianit kislotali muhitni hosil qiladi.
Tanlab eritish eritmasi quvur tizimlari orqali va tomchi emitterlari bilan ruda materiallari qatlamining yuqori maydonidan soatiga 7 l/m² miqdorda beriladi. Suvning bug‘lanish hisobiga yo‘qotilishi va uyumnmng to‘liq yuzasiga bir xilda tarqalishini
taminlash maqsadida tomchilatib so‘g‘orish qo‘llaniladi. Eritma uyum orasidan pastga singib, rudadagi oltinni eritmaga o‘tkazadi, va setka orqali uyumning ostidagi drenaj quvurga o‘tadi, ikkita kanal orqali o‘z xodida zahira yig‘ish qismiga yo‘naltiriladi. Zahira yig‘uvchidan eritma tanlab eritishga qaytib jo‘natiladi, uni samarali ajratib olinishi etarli darajaga etmaguncha. Nodir metallarning konsentratsiyasi eritma maxsuloti tarkibida 0,5 mg/l dan kam qo‘shimchalarning miqdori nisbatan ko‘p. Rux va ionalmashinuvchi smolalarni qo‘llash ushbu eritma tarkibidagi nodir metallarni yig‘ishga samarali emas. Faollashtirilgan ko‘mirdan foydalanganda qo‘shimchalarning mavjudligi oltin va kumushga ta’sirchanligini kamaytiradi. Chunki ularni ishlatish uyumda tanlab eritish eritmasi tarkibidan nodir metallarni to‘liq yig‘ishga imkon beradi.
Faollashtirilgan ko‘mir yordamida sorbsiyalash dinimik sharoitlarda olib boriladi, oltin tarkibli eritma oxirgi 4 ta vertikal kalonnadan o‘tkaziladi, o‘lchami 1 mm atrofida bo‘lgan faollashtirilgan ko‘mir zarrachalari to‘lgunicha. Ko‘mir

kalonnaga davriy yuklanadi, kalonnada eritma bilan qarama-qarshi harakat qiladi. Birinchi kalonkadan nodir metallarga to‘yingan ko‘mir chiqarib olinadi, regeneratsiyalangan sorbent oxirgi kalonkadan yuklanadi. To‘yingan ko‘mir regeneratsiya jarayoniga yuboriladi tarkibida oltinning miqdori 3-4 kg/t, eritma esa NaCN konsentratsiyasini mustahkamlashga jo‘natiladi va keyin qaytadan tanlab eritish jaraeniga jo‘natiladi.


Nodir metallarga to‘yingan ko‘mir issiq sianli eritmada desorbsiyalanadi (0,1-0,2% NaCN, 1-2% NaOH). Jarayon dinamik sharoitda to‘rt vertikal kalonna zanjirida amalga oshadi. Elyuirli eritma kolonnada eritma harakati yo‘nalishi bo‘yicha birinchi kolonnaga yuklanadi, mustahkam oltin tarkibli elyuat oxirgisidan chiqarib olinadi. Har bir kolonnada eritma yuqoriga pastga harakat qiladi. Sorbent aerolift yordamida davriy nasos yordamida eritmaning harakatiga qarama-qarshi alohida porsiya qilib yuklanadi. Birinchi kalonkadan suvsizlantirilgan ko‘mir va oxirgi kalonkadan to‘yingan sorbent olinadi. Jarayon 85-95 0S da amalga oshiriladi.
Nodir metallarni desorbsiyalash vaqtida asosiy metallardan tashqari qo‘shimcha (mis, temir va bosh.) metallar ham desorbsiyalanadi. Lekin ularning bir qismi bo‘lgan kalsiyning barchasi va organik moddalar ko‘mirning sorbsiyalash aktivligini
kamaytiradi. Bunnig oldini olish maqsadida ko‘mir nitrat kislota eritmasi bilan ishlov beriladi. Ko‘mirga yutilgan organik moddalar aylanma quvurli pechda 600-8000C haroratda 05-1 soat davomida havosiz joyda termik ishlov berish orqali ajratiladi. Sovutilgandan so‘ng regeneratsiyalangan ko‘mirning mayda fraksiyasi elanib sorbsiyaga jo‘natiladi. Nodir metallar desorbsiyadan so‘ng erimaydigan anodga elektroliz qilinadi.
2.3 Oltinni uyumda tanlab eritishning maydalash jarayonini texnologik sxemasini tanlash va hisoblash.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling