Kvarsli oltin tarkibli rudalarni uyumda tanlab eritishning texnologik sxemasini tanlash va asoslash
-rasm. Uyumda tanlab eritish sexining maydalash bo’limining texnologik sxemasi
Download 0.73 Mb.
|
Namuna Uym (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4 Maydalash jarayoni uskunalarini tanlash va hisoblash.
9-rasm. Uyumda tanlab eritish sexining maydalash bo’limining texnologik sxemasi.
Biz tanlagan oltin tarkibli rudalarni qayta ishlash sxemasida maydalash jarayonlari 4 bosqichda o’tkazish tanlangan. Birinchi bosqich maydalash jarayonida ruda jag‘li maydalagichning qabul qilish bunkeriga yuklanadi, bu yerda kattaligi 150 mm o‘lchamgacha maydalanadi. Maydalagichdan oldin titrama elak o‘rnatilgan bo‘lib ruda massasini konditsion o‘lchamda to‘xtovsiz konveyerga yo‘naltirib turadi. Erkin shassening mavjudligi maydalagichnig devorga yaqinligiga bog‘liq bo‘lmagan holda joylashtirilib, dastgohning ish unumdorligini oshishiga olib keladi.Birinchi bosqich maydalashdan so‘ng ruda massasi konveyer tizim orqali bufer omboriga uzatiladi, bu yerdan ruda avval ikkinchi bosqich maydalagichga yo‘naltiriladi (standart konusli maydalagich), so‘ngra uchinchi bosqich maydalagichga (ikkita qisqa konusli maydalagich), bu yerda ular 13 mm gacha maydalanadi. Maydalagichlar ochiq siklda ishlaydi maydalangan materiallarni ajratib olish uchun oldinda elak o‘rnatilgan bo‘ladi. To‘rtinchi bosqich maydalashda vertikal valli rotorli 16 ta maydalagich kiritilgan bo‘lib shundan 8 tasi yopiq siklda, bu yerda ruda kattaligi -3,25 mm (94%) bo‘lguncha maydalanadi. 9-rasmdagi Uyumda tanlab eritish sexining maydalash bo’limining texnologik sxemasini hisoblaymiz . Maydalash sxemasini quydagi ketma ketlikda hisoblaymiz: Loyihalanayotgan sexni bir sutkalik va soatlik ish unumdorligini aniqlaymiz: Qc= Q/nη Qc= Q/nη= 5000 000/(365·0.95)=14 419,61 t/sut Q= 14 419,61/24=600,81 t/s Bu yerda n – Rejadagi ish kunlari soni; η –Uskunadan vaqt birligidagi foydalanish koeffisienti. Umumiy maydalanish darajasini quydagi formuladan aniqlaymiz: S=D1/D11 = 150/3.25=46 Maydalanish darajasini alohida maydalash bosqichlari uchun tanlaymiz: S=S1S2S3 shunda S1=S2=S3=So’rto S=S3o’r So’r= = =3.6 Ushbu qiymatlarni qabul qilamiz: S1=3 S2= 4 S3=4 Shartli ravishda ruda bo’laklarini maksimal yirikligini aniqlaymiz: D5=D1/S1=150/3=50 mm D9=D1/S1S2= 150/(3·4)=12.5 mm D11=D1/S1S2S3=150/(3·4·4)=3.125 mm Ikinchi va uchinchi bosqich maydalash jarayoninidagi maydalagichlarning bo’shatish tuynugining kengligini aniqlaymiz: iII =D5/ZII=50/1.6=31.25 mm iII=31mm deb qabul qilamiz: iIV= D9/ZIV=12.5/2.4=5 mm G’alvirlarning teshiklari o’lchamlarini tanlaymiz: aI = iI=31.25 mm; EI-a=75% aIII=1.2·iIV=1.2·5=6 mm; EIII-a=80% To’rtinchi bosqich maydalash jarayoni uchun maydalagich va g’alvirlarning ishlash rejimini tanlaymiz. To’tinchi bosqich maydalash jarayoni yopiq siklda amalga oshiriladi. Bunda iVI=0.8·D11=0.8·3.125=2.5 mm aV=3.25mm; EV=70% ikinchi bosqich maydalashni hisoblaymiz: Q2=Q1·β1-a·E1-a=600,81·0.51·0.75=229,8 t/soat Q3=Q4=Q1-Q2=600,81 - 229,8 =379,01 t/soat Uchinchi va to’rtinchi maydalash bosqichlarini hisoblaymiz: Q5=Q1=600,81 t/soat Q6=Q5β5-31EIII-a β5-31= β1-31+ β1+150 ·bII-31=0.17+0.51·0.29=0.32=32% Q6=600,81·0.32·0.8=153,8 t/soat Q7=Q8=Q5-Q6=600,81-153,8 =441,01 t/soat Q10=Q1(1/EV-a+ β9+12.5/bVI-3)= 600,81 (1/0.7+0.22/0.9)=853,39 t/soat Q12=Q13=Q10-Q1=853,39 - 600,81=252,58 t/soat Q11=Q10-Q13=853,39 -252,58 =600,81 t/soat 2.4 Maydalash jarayoni uskunalarini tanlash va hisoblash. Birinchi bosqich maydalash jarayoni uskunasi uchun 1312HD markali jag’li maydalagichni tanlaymiz. Ikkinchi va uchinchi bosqich maydalash jarayonilari uskunalarii uchun MP 1000 markali konusli maydalagichni tanlaymiz. To’rtinchi bosqich maydalash jarayoni uskunasi uchun ODX-J1163 markali rotorli maydalagichni tanlaymiz. Ushbu maydalagichlarning texnologik xarakteristikasi quydagi jadvalda ko’rsatilgan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling