«kzt va dt» fanidan ishchi dastur bajarilishining kalendar tematik rejasi


-9-mavzu. Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan o‘rni


Download 49.1 Kb.
bet3/11
Sana01.05.2023
Hajmi49.1 Kb.
#1420186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'D Fan va texnika tarixi

8-9-mavzu. Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan o‘rni.
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan daholar. Fan va texnika tarixida Daholik fenomeni”. Buyuk vatandosh allomalarimiz Muso al-Xorazmiyning Bayt ul-Hikma”dagi faoliyati. Matematika va astronomiyaning rivojlanishi. Uning Al-jabr va al-muqobala” asari. Ushbu asarni XII asrda Ispaniyada lotin tiliga o‘girilishi. Xaritalar. Ahmad-al-Farg‘oniy va uning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi asari. Nilometrning yasalashi va uning ahamiyati. Yevropada XII asrdayoq ―”Alfraganus” nomi bilan tanilishi. Abu Nasr Farobiy Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf. ”Mualim-us-Soniy” ijodida Bag‘dod davri. Uning o‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratishi. Farobiyning Ilm va san’at fazilatlari, “Fozil shahar aholisining maslagi” va “Musiqa haqida katta kitob” asarlari. Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar Xorazm Ma’mun akademiyasida tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivoji. Mustaqil O‘zbekistonda Xorazm Ma’mun akademiyasining qayta tiklanishi va uning bugungi kundagi faoliyati. Tabobat. Dorishunoslik. Ibn Sino va uning “Tib qonunlari” asari. Olimning 450 dan ortiq asar ѐzishi va ularning ahamiyati. Uning “Shayx-ur-Rais” nomiga sazovor bo‘lishi. Ibn Sino asarlarini XII asrdan boshlab lotin tiliga o‘girilishi va asosiy qo‘llanma sifatida Yevropa universitetlarida o‘qitilishi. Abu Rayhon Beruniy Xorazm Ma’mun akademiyasining raisi. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Saydana” va “Geodeziya” asarlarning ilmiy ahamiyati. Mineralogiya. Dunyo xaritalari. Beruniy ijodiy merosining musulmon Sharqi madaniyatiga ta’siri. Mahmud Qoshg‘ariy yirik tilshunos olim. Uning “Devon-u lug‘atit turk” asari. Mustaqil O‘zbekistonda qomusiy allomalarimiz merosini qayta o‘rganish va targ‘ib qilish.
10-mavzu. O‘rta asrlarda Yevropa fani
Ilk O‘rta asr Yevropasida madaniy-ma’rifiy va mafkuraviy jarayonlar. Xristian dinining insonning barcha faoliyati ustidan hukmronligi. Diniy maktablardagi tahsil. Avreliy Avgustinning xristian ilohiyotchilaridan biri sifatida G‘arbiy Yevropa o‘rta asr ma’naviy-diniy hayotiga katta ta’siri. U tomonidan xristian tarix falsafasiga asos solinishi. Kimyoning rivojlanishi. Karl tomonidan IX asr boshida Yevropada eng katta imperiyani barpo etilishi. Karoling Uyg‘onish hodisasi. Karl saroyida ikki bosqichli ta’lim tizimidan iborat Akademiyani barpo etilishi. Buyuk Karl saltanatida tashkil etilgan maktablarda ikki bosqichli tizim. O‘rta asrda sxolastika. VII-VIII asrlarda bilimlarni tartiblashtirish shakli bo‘lgan qomusiy to‘plamlarni tuzilishi va uning ahamiyati. Yepiskop Isidor Sevilskiy tomonidan 20 jildli qomusiy asar. Boshlang‘ichlar yoki etimologiyaning yozilishi. 787-yil Fan to‘g‘risida Kapitulyariyning e’lon qilinishi. Alkuin o‘rta asrlar Yevropa falsafasining asoschisidir. Kirill va Mefodiy slavyanlarning to‘ng‘ich ma’rifatchilardandir. IX asr o‘rtalarida Kirill greklar alifbosi asosida slavyan alifbosini yaratishi. Pyer Abelyar. Buyuk Albert va Foma Akvinskiy o‘rta asr Yevropasining buyuk donishmandlari. R.Bekon, U.Okkam, Duns Skot va Yevropa fani. Cherkov sudi inkvizitsiyaning hurfikrlilikka qarshi kurashi. XII asrda Yevropada dastlabki oliy maktablar universitetlarning paydo bo‘lishi. Bolonye, Parij, Oksford, Praga, Krakov universitetlari. XII asrda Fransiyada yaratilgan “Roland haqida qo‘shiq” dostoni. XII asrda universitet kutubxonalarining tashkil topishi. 1260-1295 y.y. Venetsiyalik Marko-Poloning Markaziy Osiyo va Xitoyga sayohati. ―Marko Polo kitobining ilmiy ahamiyati.

Download 49.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling