«kzt va dt» fanidan ishchi dastur bajarilishining kalendar tematik rejasi


IV. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 49.1 Kb.
bet8/11
Sana01.05.2023
Hajmi49.1 Kb.
#1420186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'D Fan va texnika tarixi

IV. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Fan klassifikatsiyasini tuzish.
2. “Qadimgi Sharqda ilmiy tafakkurning rivojlanishi” mavzuida esse yozish.
3. “Qadimgi Yunonistonda fan” mavzusida internet yordamida ma’lumot tayyorlash.
4. “Qadimgi Rimda fan” mavzusida intertnet materiallari asosida ma’lumot tayyorlash.
5. “Suqrot buyuk mutafakkir” mavzusida tarixiy badia tayyorlash.
6. “Platon ulug‘ mutafakkir alloma” mavzusida maqola yozish.
7. “Aristotel antik dunyoning universial aql egasi” mavzuida ilmiy ma’ruza tayyorlash.
8. Platon maktabiga kiruvchi allomalarning ro‘yxatini tuzish.
9. “Qadimgi Xitoyda fan” mavzusida ilmiy referat tayyorlash.
10. “Qadimgi Hindistonda fanning rivojlanishi” mavzusida referat yozish.
11. “Islom Uyg‘onish davrida fan” davra suhbatiga tayyorgarlik.
12. “Musulmon Uyg‘onish davrida o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza tayyorlash.
13. “Baytul -Hikma allomalari” haqida biografik ma’lumotlar tuzish.
14. “Ahmad al – Farg‘oniy” haqida ma’lumotnoma tayyorlash.
15. “Abu Nasr Farobiy” haqida biografik maqola yozish.
16. “Abu Rayxon Beruniy” haqida referat yozish.
17. “Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi” mavzusida O‘zbekiston tarixi muzeyidan ekspozitsiyalarni o‘rganish.
18. “Abu Ali ibn Sino buyuk qomusiy alloma” mavzusida ilmiy maqola tayyorlash.
19. “Imom al – Buxoriy buyuk muhaddis alloma” mavzusida referat tayyorlash.
20. “Burhoniddin Marg‘inoniy va O‘rta Osiyo fiqh maktabi” degan mavzusida
ilmiy ma’ruza tayyorlash.
21. “O‘rta Osiyoning buyuk mutasavvuflar va ularning ilmiy merosi” mavzusida
ma’lumotnoma tayyorlash.
22. “Yevropada dastlabki universitetlarga asos solinishi” mavzusida davra suhbatiga tayyorgarlik.
23. “Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri” mavzusida referat
yozish.
24. N.Kopernik ulug‘ olim” mavzusida internet saytlari yordamida ilmiy ma’ruza tayyorlash.
25. T.Kampanella haqidagi adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.
26. Foma Akvinskiy haqida biografik ma’lumotlarni to‘plash.
27. Yevropada inkvizitsiya ta’qibiga uchragan olimlar haqida ma’lumot to‘plash.
28. Temur davrida yashagan allomalarning ro‘yxatini tuzish. (Temuriylar davlati tarixini o‘rganish muzeyi ekspozitsiyalari asosida).
29. Temur va temuriylar davrida yashagan tarixchi olimlar haqida ma’lumotnoma
tayyorlash.
30. Mirzo Ulug‘bek va uning ilmiy maktabi mavzusida ilmiy referat tayyorlash.
31. Alisher Navoiy ulug‘ mutafakkir mavzusida esse yozish.
32. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari haqida kichik ilmiy tadqiqot tayyorlash.
33. “XVII asr oxiri va XVIII asrda Yevropada fanning rivoji” mavzuida referat tayyorlash.
34. “XVII – XIX asrda O‘rta Osiyoda fan” mavzusida referat.
35. “XX asr ilmiy texnika asri” mavzusida referat tayyorlash.
36. “XX asrda O‘zbekistonda fan” mavzusida referat tayyorlash.
37. “Mustaqil O‘zbekistonda fan” mavzusida referat tayyorlash.
38. “ATMU ma’rifat o‘chog‘i” mavzusida esse yozish.
39. O‘zbekistonda Ma’mun akademiyasining 1000 yiligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlar haqida ma’lumot to‘plash.
Izoh: Ishchi fan dasturini shakllantirish jarayonida ishchi o‘quv rejada mazkur Mustaqil ta’lim uchun belgilangan soat hajmidan tashqari soatlar hajmiga mos mavzular tanlab belgilanadi.




Download 49.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling