«kzt va dt» fanidan ishchi dastur bajarilishining kalendar tematik rejasi


-12-mavzu. G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri. XIV-XVI asrlar Yevropada fan va texnika rivojida yangi davr


Download 49.1 Kb.
bet4/11
Sana01.05.2023
Hajmi49.1 Kb.
#1420186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'D Fan va texnika tarixi

11-12-mavzu. G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri. XIV-XVI asrlar Yevropada fan va texnika rivojida yangi davr.
G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyatlari. Gumanizm va antropotsentrizm. XV-XVI asrlarda fanning teologiya bilan o‘z aloqasini o‘sib borishi. Dunyoviy fanlarning rivojlanishi. Tajribaviy metodlarni tabiatshunoslikda qo‘llanilishi. Xristian dini mavqeining pasayib borishi. Metsenatlik. Kozimo Medichi va uning Akademiyasi. Dante, Petrarka, Erazm Rotterdamskiy va Mishel Monten. Renessans davrining yirik namoyandalari. Nikolay Kopernik, Nikolay Kuzanskiy va Paratsalye Uyg‘onish davri naturfalsafachilaridir. Nikolo Makiyavelli, Jordano Bruno, Leonardo da Vinchi, Galileo Galiley, Blez Paskal, Isaak Nyuton kabi olimlarning fan olamidagi jasoratlari Torichelli tomonidan simob termometr yaratilishi. 1590 -yil Z.Yansen tomonidan mikroskopning kashf etilishi. Birinchi kitobning bosmadan chiqarilishi. Dengiz sayyohlari. Xristafor Kolumb tomonidan Amerikaning kashf qilinishi. Vasko de Gama Afrikani aylanib o‘tib, Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochishi va uning ahamiyati. Magellan tomonidan Yer kurrasining sharsimon ekanligini isbotlanishi. Geografiya va kartografiya sohalarini fan sifatida e’tirof etilishi. Ilmiy anatomiya va fiziologiya asoslari fan sifatida o‘rganilishining boshlanishi. Ximiya va astronomiya sohalarida katta yutuqlarga erishishi. Tomas Mor, Fransua Rable va Vilyam Shekspirlar G‘arbiy Yevropaning buyuk gumanist ijodkorlaridandir.
13-mavzu. Markaziy Osiyoda Temur va temuriylar davri fan va texnika taraqqiyoti
Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatning yuksalishi. Temur tomonidan Samarqand Akademiyasi asoslarining yaratilishi. Amir Temurning markazlashgan davlati fan va madaniyatning rivojlanishi uchun omil. Samarqand madrasalari. Temur kutubxonasi. Mashhur faylasuf Taftazoniy va uning 40 dan oshiq asarlarida kalom, mantiq, handasa, she’riyat, arab tili grammatikasi masalalarining yoritilishi. Jurjoniy Samarqandning yetuk allomasi. Nizomiddin Shomiy va uning “Zafarnoma” asari. Naqshbandiy va uning maktabi. “Temuriylar Renessansi”. Harbiy texnikalar rivoji. Samarqand Akademiyasi. Mirzo Ulug‘bekning imiy faoliyati. U tomonidan Buxoro, Samarqand va G‘ijduvonda madrasalar bunyod etilishi. Mirzo Ulug‘bek tomonidan Samarqandda Rasadxona qurilishi va unda osmon jismlarining o‘rganilishi. “Ziji Ko‘ragoniy” asari. Mirzo Ulug‘bek maktabi vakillari Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va G‘iyosiddin al-Koshiy. Hirot akademiyasi. Alisher Navoiy va uning o‘zbek adabiy tili rivojiga qo‘shgan hissasi. Zahiriddin Muhammad Bobur olim sifatida. “Boburnoma” muhim tarixiy, ilmiy manba.

Download 49.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling