35. Quyidagilardan Madalixon davriga oid ma’lumotlardan nechtasi to’g’ri?
1. Amaldorlarning ayrimlari surgun qilindi, ba’zilari qatl etildi va ba’zilari esa Xivaga qochib ketishdi.
2. Xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ittifoq mustahkamlangan
3. Ammasi Oftoboyimning oilasiga ham shafqat qilmasdan jazoladi
4. O‘g‘li Hakimxonni qatl qildirdi
5. Turmush o‘rtog‘i hamda xonlikning shayxulislomini badarg’a qildi
6. Viloyat (beklik) hokimlari esa tez-tez almashtirib turildi.
A) 2 tasi B) 3tasi C) 4 tasi D) 5 tasi
36. Qachon Qo`qon xoni Madalixon o`z ukasi Sulton Maxmudxon foydasiga taxtdan voz kechadi?
A) 1840-yil B) 1841-yil
C) 1842-yil D) 1843-yil
37. Qo`qon xoni Madalixondan norozi bo’lgan kuchlar kimdan yordam so’raydilar?
A) Buxoro amiri Amir Nasrullo
B) Xiva xoni Olloqulixon
C) Afg`oniston amiri Ahmadshoh
D) Eron shohi Nodirshoh
38. Buxoro Amiri Nasrullo qachon o`z qo`shinlarini Qo`qonga qarshi safarbar etdi va Qo`qon xonligini bosib oldi?
A) 1840-yil B) 1841-yil
C) 1842-yil D) 1843-yil
39. Buxoro amiri Amir Nasrullo buyrug’i bilan qatl qilingan shaxslar xato berilgan javobni toping
A) Madalixon B) Sulton Mahmudxon
C) Nodirabegim D) Murodxon
40. Amir Nasrullo Qo`qonni bosib olganidan kеyin u yerga kimni noib qilib qoldirgan edi?
A) Ibrohim dodxohni
B) Avazbek dodxohni
C) Muhammad Amin dodxohni
D) Qoracha dodxohni
41. Qo`qon xonligida Amir Nasrullo zulmiga qarshi qachon qo`zg`olon ko`tarildi?
A) 1840-yil B) 1841-yil
C) 1842-yil D) 1843-yil
42. Qo`qon xonligida Amir Nasrulloga qarshi nima uchun qo`zg`olon ko`tariladi?
A) Chunki, amirning Qo`qondagi noibi Qo`qon xonligi aholisini avval undirib kelinga soliqqa qo`shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham to`lashga majbur qilgan
B) Chunki, amirning Qo`qondagi noibi Qo`qon xonligi aholisini Buxoro amirligi qo`shinlariga majburiy jalb qilgan
C) Chunki amirning Qo`qondagi noibi Qo`qon xonligi aholisini majburiy hasharlarga jalb qilgan
D) A va C
Do'stlaringiz bilan baham: |