L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


V.Pettining iqtisodiy ta’limoti


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133
Bog'liq
44679-1

V.Pettining iqtisodiy ta’limoti. 
Vilyam Petti (1623-1687) – Angliyada klassik siyosiy iqtisodining asoschisidir va 
statistika fanining kashfiyotchisidir. V.Petti professional iqtisodchi-olim bo‘lgan. 
V.Petti iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida 
traktat» (1662), «Donishmandlarga so‘z» (1665), «Siyosiy arifmetika» (1683) va 
boshqa asarlarni yozdi. U asosiy e’tiborni savdo muammosidan ishlab chiqarish 
muammosiga qaratdi. 1647 yilda u nusha ko‘chiradigan mashinani (kseroks) ixtiro 
qildi. 
V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlarni himoya 
qildi. Xususiy mulkni «Muqaddas» va «Dahlsiz» deb bildi. U iqtisodiy tadqiqotda 


 
21 
tabiiy fanlarn ya’ni abstrakt usullarni qo‘llab, har bir masalaning ichki bog‘liqligiga 
asosiy e’tiborni qaratdi.
Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarni soliq 
to‘lashlarini zarur deb bildi. 
Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to‘g‘ri hal etdi, 
ya’ni pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga to‘g‘ri, pulning aylanish 
aborotiga esa teskari proporsionalligini aniqladi. Pulning meyorida bo‘lishini qo‘llab 
quvvatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va rentaning 
bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi(yer bahosini to‘g‘ri hal etmadi). 
Petti «Siyosiy arifmetika» va boshqa asarlarida statistika, aniqrog‘i demografik 
statistika faniga asos soldi(aholi boyligi asosiy masalasini to‘g‘ri qo‘ydi). Milliy 
daromad tahlil qildi va uni qisman hal etdi. 
V.Pettining boylik va pul nazariyasi 
Merkantilistlardan farqli ravishda, V.Petti fikri bo‘yicha, nafaqat qimmatli 
metall, toshlar va pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, 
tovarlar va hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. «Mehnat - boylikning otasi, 
yer esa – uning onasi» degan iborani ishlatdi.
Mamlakat boyligini ko‘paytirish uchun u qamoq jazosi o‘rniga pul jarimasini 
joriy etish zarurligini, pul to‘lashga «qurbi yetmagan o‘g‘rilarni» esa «qullikka» 
mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi.
Shu Bilan birga V.Petti chetga pul chiqarishni taqiqlash bema’ni narsa 
ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Davlatning bunday xatti-harakati, uning fikricha, 
mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish Bilan bir narsadir. U asosiy e’tiborni 
pulning umumiu ekvivalent va muomila vositasi sifatidagi roliga qaratgan holda 
uning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funksiyasini inkor etdi. 
Ammo V.Petti savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi 
ishtirokini inkor etdi va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq 
ma’qulladi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling