L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., O‘zbekiston, 1998. 2. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T., Fan, 1997. 3. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 341-354b. 4. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. 187-199b. MAVZU 8: JON MEYNARD KEYNS TA’LIMOTI VA KEYNSCHILIK J.M.Keyns ta’limoti. J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asari. Yangi keynschilik. Keyns g‘oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati. Keynschilik onsepsiyasining Monetarizmdan farqi. J.M.Keyns ta’limoti. Jon Meynard Keyns (1883-1946) – hozirgi zamonning buyuk olimi- iqtisodchisi. Uning dunyoqarashi o‘zi oldin bilim olgan, keyin o‘qituvchilik qilgan Kembridj universitetida shakllandi. U A.Marshall qo‘lida ta’lim oldi. Ammo uning izidan bormadi, o‘ziga xos yo‘nalishda nazariya yaratdi. 61 J.M.Keyns o‘z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. Ular «Ehtimollar to‘g‘risida traktat» (1921), «Erkin tadbirkorlikning tugatilishi» (1926), «Pul to‘g‘risida traktat» (1930) va b. Uning «Ish Bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yili Chop etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta’minlashning abadiyligini isbotlashga urinishdir. Keyns ta’limotining asosiy va Yangi g‘oyasi shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o‘z-o‘zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o‘sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta’minlay oladi. 2. J.M.Keynsning «Ish Bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yil Chop etildi. Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, J.M.Keynsning Ushbu asari 20-asr iqtisodiy fanida katta burilish yasadi va ko‘p jihatdan hozirgi davrda ham mamlakatlar iqtisodiy siyosatini ifodalaydi. J.M.Keyns birinchi bo‘lib makroiqtisodiy uslubni qo‘lladi, ya’ni xalq xo‘jaligi yalpi miqdorlari: ijtimoiy mahsulot, yalpi jamg‘arma, yalpi investitsiya, jami iste’mol harajatlari va b. o‘rtasidagi bog‘liqlik va nisbatlarni tadqiq etdi. Keyns o‘z tahlilining boshlang‘ich nuqtasi qilib ish Bilan bandlik muammosini tanladi, chunki ishsizlik o‘sha paytda nihoyatda ko‘paygan edi. Aynan iste’mol buyumlariga talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Keyns asarning boshidayoq klassik maktab ta’limotiga qarshi ekanligini bayon etdi. J.M.Keyns fikriga ko‘ra, inqiroz paytida davlat yalpi talabni pul-kredit va byudjet siyosati vositasi yordamida tartiblab turishi kerak. U, eng avvalo, xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Yalpi talabni rag‘batlantiruvchi vositalardan biri kambag‘allar, ya’ni jamg‘armaydiganlar uchun soliqlarni kamaytirish, boylar uchun esa soliq stavkasini oshirish (bu jamg‘armani kamaytiradi) taklif qilindi. J.M.Keyns insonning psixologik moyilligini o‘rganib, uni daromad o‘zgarishi bilan bog‘laydi. Iste’mol o‘zgarishi bilan daromad o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbatni iste’molga bo‘lgan me’yorli moyillik, deb ataydi va uni qo‘yidagi formula bilan ifodalaydi: MRS = delta S / delta Y Agar daromad o‘zgarsa, iste’mol ham shu yo‘nalishda o‘zgaradi, lekin iste’mol o‘zgarishi daromad o‘zgarishi darajasidan past bo‘ladi. Iste’mol va umumiy daromad o‘rtasidagi nisbatni u iste’molga bo‘lgan o‘rtacha moyillik deb atadi: ARS = S / Y Shu bilan birga J.M.Keyns o‘z nazariyasida jamg‘armaga bo‘lgan moyillik tushunchasini ham ilgari surdi. 62 MRS = delta S / delta Y, va ARS = S/ Y Agar umumiy daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg‘aradilar, ya’ni Delta S q delta S = delta Y. J.M.Keynsning asosiy psixologik qonuniga muvofiq, daromadlarning o‘sib borishi bilan jamg‘armaga bo‘lgan moyillik oshib boradi, ya’ni milliy daromadning jamg‘ariladigan qismi ko‘payadi. Milliy daromad 0 100 200 300 400 500 Iste’mol (S) 50 100 150 200 250 300 Jamg‘arma (S) -50 0 50 100 150 200 Keyns jamg‘arma va investitsiya o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlab, agar jamg‘arma bilan investitsiya o‘rtasida katta, sezilarli uzilish paydo bo‘lsa, u o‘z navbatida iqtisodiy inqirozga olib kelishini isbotlab berdi. Agar investitsiyalar jamg‘armalardan kam bo‘lsa, u holda yalpi talab taklifdan kam va milliy daromad kamaya boradi. Agar investitsiyalar jamg‘armalarga teng bo‘lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o‘zgarmay qoladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling