L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Tayanch ibora va tushunchalar


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133
Bog'liq
44679-1

Tayanch ibora va tushunchalar. 
Marjinalizm, Marjinalizm, sub’ektiv-psixologik, neoklassika, A.Marshall, 
«ekonomiks», baho, talab, taklif, talab elastikligi, «Marshall hochi (kresti)». Byom-
Baverk; «Robinzonad» usuli; qadriyat, taqsimlash va eng yuqori foydalilik 
nazariyalari; Klarkning «eng yuqori mehnat unumdorligi» nazariyasi. L.Valras; 
«noyoblik», eng yuqori foydalik». 
 
Muhokama uchun savollari. 
1. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga kelgan iqtisodiy 
ta’limotlarga xos xususiyatlar nimadan iborat? 
2. XIX asrning 70- yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablarni bilasiz? 
3. Marjinalizmning iqtisodiy ta’limotlar tarixida tutgan o‘rni haqida aytib bering? 
4. Kembridj maktabining uslubiyatiga xos xususiyatlari nimadan iborat. 
5. A.Marshallning asosiy asari va unda bosh mavzu nimalardan iborat? 
6. Klarkning iqtisodiy nazariyasnga ta’rif bering. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998. 
2. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T., Fan, 1997. 
3. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 
2002. 309-326, 329-340b. 
4. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., 
O‘zbekiston, 2003. 131-151b. 
 
 
 
 
 


 
58 
MAVZU 10: HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARINING
ASOSIY YO‘NALISHLARI (INSTITUTSIONALIZM) 
 
Iqtisodiy fanda sotsial-institutsional yo‘nalish. 
T.Veblen – institutsionalizm asoschisi. 
J.K.Gelbreyt «Yangi industrial jamiyat konsepsiyasi». 
Iqtisodiy o‘sish bosqichlari 
Monetarizm konsepsiyasi. 
Institutsionalizm yo‘nalishi. 
Ijtimoiy-institutsional yo‘nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga to‘g‘ri 
keladi va XX asr 20-30 yillarida AQSH da keng tarqalgan. 
Iqtisodiy ta’limotlardagi institutsionalizm yo‘nalishi AQShda 20-asrning 20-
30yillarida keng tarqaldi. Bu yo‘nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat, 
ko‘rsatma, muassasa so‘zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga 
o‘tishi bilan bog‘liq ravishda ro‘y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, 
korxonalarning yiriklashuvi va b.). Institutsionalistlar moddiy omillar bilan birga 
ruhiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarni iqtisodiyotning harakatlantiruvchi 
kuchi deb hisobladilar. 
Yo‘nalish 
vakillarining 
fikricha 
institutlar 
jamiyat 
rivojlanishining 
harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi. Ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tan 
olinmaydi. Xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda va savdo kabi iqtisodiy 
kategoriyalar jamiyat ruhining paydo bo‘lishi shakli hisoblanadi. 
Bu yo‘nalishdagilar ma’lum guruhlarning odat, an’analari, yurish-turishi, o‘ylash 
usullari, huquqiy-ahloqiy va boshqa ko‘rinishlar evolyutsiyasini tadqiq qiladilar. 
Institutsionalizm evolyutsiyasi uch davrga bo‘linadi.
1. Eski negativ maktab (20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons 
(1862-1945), 
U.Mitchell 
(1874-1948), 
J.Gobson 
(1858-1940), 
U.Gamilton 
g‘oyalarida namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon 
qilinadi. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va 
antropologiya bilan bog‘laydi. Kommons - ruhshunoslik huquqini , Mitchell - 
antropologiya va matematika hisob-kitoblarini ustun qo‘yadi. 
2. Kechki institutsionalizm (1 jahon urushidan keyin) J.M.Klarkning «Iqtisodiy 
institutlar va insonlar farovonligi» asarlarida, G.A.Berlining «Mulksiz hokimiyat» va 
«XX asr kapitalistik inqilobi» asarlarida, G.Minzning aksionerlar soni ortishi, kapital 
mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni haqidagi maqolalarida qayd etilgan.
3. Neoinstitutsionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institutsional yo‘nalish. 
Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvesiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab 
chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy 
jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog‘liq qaraladi. 
Ijtimoy hayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling