L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Uchinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
88 Uchinchi gurux uchun tarqatma material. Bundan 2700 yil ilgari Xorazmda yozilgan «Avesto» kitobida eramizdan oldingi II ming yillik oxiri va I ming yillik boshlarida ota-bobolarimizning sun’iy sug‘orish asosida dehqonchilik qilishi, yer unumdorligini oshirishi, tabiatni e’zozlash, asrash, chorvachilik bilan shug‘ullanish va uni ko‘paytirish sirlarini qanday bilganliklari haqida fikrlar bayon qilinadi. Bu ilk mehnat taqsimoti, dehqonchilik va chorvachilikni vujudga kelganligi xaqida fikrlarimizni boyitadi. «Avesto» kitobida natural-xo‘jalik yuritish va uning afzalliklari haqida to‘xtalishadi, uni afzalliklari keng targ‘ib qilinadi. Inson moddiy boyliklarni ko‘paytirishning asosiy manbai ekanligi ko‘rsatiladi. Bu ta’limot o‘z davri uchun juda to‘g‘ri ta’limot edi. Bu sharq dehqonchiligi, xo‘jalik yuritishi uchun qanday afzalliklarga ega ekanligini o‘z davri isbotlab berdi. Ko‘chmanchi xalqlarda boylik manbai bo‘lgan chorva mollarini saqlash, ko‘paytirish, semirtirish va sifatini yaxshilash yo‘llari ko‘rsatiladi. Uni behuda so‘yib yo‘qotish qoralanadi. Yaxshi yaylovlar izlab topish, uni e’zozlash chorva uchun yem-xashak xozirlash yaxshi faoliyat deb baholanadi.Sun’iy sug‘orish, dehqonchilikni yaxshilash, chorvani ko‘paytirish, va boshqa ishlar xokimiyat jipslashgan, kuchli bo‘lsa yaxshi bo‘ladi deb uqtiriladi.Kitobda chorvachilikni rivojlantirish, uni sifatini yaxshilashga e’tibor qaratiladi.Kitobda yaylovlarda «Erkin harakat» ta’minoti zarurligi va bunga kelishgan holda harakat qilinmasa o‘zaro to‘qnashuvlar va urushlar kelib chiqishi haqida fikr bildiriladi.Kitobda kelishib, shartlashib ish olib borish va unga amal qilish zarurligi, bir-birlariga moddiy yordam berib turish g‘oyasi targ‘ib qilinadi. «Avesto» kitobida jamiyatning sinflarga bo‘linayotganligi va jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy axvolini ham bilib olamiz. Jumladan, urug‘ jamoalarining yemirilib dastlabki kastalarning paydo bo‘layotganligini, chorvadorlarni, dehqonlarni xunarmandlarni, harbiylarni asta-sekinlik bilan sinfiy jamiyatga o‘tayotganligini shuningdek, kitobda aholining yarim ko‘chmanchilik bilan shug‘ullanayotganligi, chorvachilikning og‘ir qo‘l mehnati asosida rivojlanganligini ham ko‘rish mumkin. Odamlarni yaxshi xayot kechirishga intilishlari zarurligi o‘ziga xos ifodalanadi. Masalan, yaxshi ovqat pishirish imkoni bo‘lsin, otlar pishqirib tursin, ot- aravalar taxt bo‘lsin, odamlarning qorni to‘q bo‘lsin, zirovar giyoxlar to‘plab qo‘yilsin, omborlar taxt bo‘lsin … Asarda tabiiy ofatlarni bo‘lishi muqararligi va shuni e’tiborga olib yegulik, kiygulik narsalarni jamg‘arib qo‘yish zarurligi haqida ham yozilgan. Jumladan qurilish ishlariga ham e’tibor qaratilganligini ko‘ramiz. Jumladan, odamlar uchun Qo‘rg‘onlar va hayvonlar uchun molxonalar solinganini ko‘ramiz. Avestoni 3-bobi «Vendidot» bo‘lib unda dehqonlar mehnati ulug‘langan. Dehqonchilikni rivojlantirish uchun qaratilgan mehnat ulug‘langan. Yerlar sifatini yaxshilash, go‘ng berish, don, o‘t yetishtirish haqida fikr yuritiladi. Yerlarni sug‘orish, zaxini qochirish haqida yozilgan. G‘alla ekishga asosiy e’tibor qaratiladi. «Dehqonchiliksiz mo‘l-ko‘lchilik yo‘q» degan g‘oya oldinga surilgan. 89 Dehqonchilikni rivojlantirish bilan qashshoqlikni yo‘qotish lozim deb hisoblanadi. «Inson yerni tashlasa, unga ishlov bermasa odamlar o‘zgalar eshigi oldidagi gadoyga aylanadi» deb uqtiriladi. Asketizm (kam ovqat yeyish g‘oyasi) g‘oyasi qoralanadi. Bu inson kuch-qudratini yo‘qotadi, rahbarlik qilish, oilalar va xo‘jalikni rivojlantirishga ziyoni tegadi deb ko‘rsatilgan. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling