L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Birinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi gurux uchun tarqatma material.
Birinchi gurux uchun tarqatma material .Iqtisodiy g‘oyalarni shakllanishi
insoniyatni paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Ammo hozirgi paytda qo‘lyozmalarda aks ettirilgan g‘oyalarnigina taxlil qilish imkoniga egamiz. Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixini quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi davridan boshlashga majburmiz. Ma’lumki dastlabki quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan. Misrda eramizdan avvalgi IV minginchi yilda yuzaga keldi. Buning asosiy sababi, bu yerda texnologik taraqqiyot yuz berdi. Jumladan, metall qurol ishlashga boshladilar, qishloq xo‘jaligida sun’iy sug‘orish dehqonchiligiga o‘tildi, shu asosda nisbatan turgan qo‘shimcha mahsulot olish imkoni tug‘ildi. Natijada jamiyat mehnat taqsimotini,xunarmandchilik sohalarini ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga sabab bo‘ldi. Bu davrda qo‘shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspulatatsiya qilish yo‘li bilan renta-soliq olish edi. Sharqda davlat iqtisodiyotga aralashuviga qarab ayrim «Erkin» aholini ahvoli qullarnikidan farq etmagan. Quldorlik ishlab chiqarish usuli ayrim regionlarda jumladan G‘arbiy Yevropada xalqaro savdoni rivojlanish bilan bog‘liq ravishda tovar pul munosabatlari ham ancha rivojlangan. Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi, o‘z mahsulotini sotishga mo‘ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo‘jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab qildi. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi. (Gresiya,Italiya) Ikkinchi gurux uchun tarqatma material. Xindistondagi iqtisodiy g‘oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxa Shastra» dir. Lug‘aviy ma’nosi bo‘yicha foyda, amaliy xayot to‘g‘risidagi fan bo‘lib eramizdan avvalgi III-II asrlarda to‘ldirilgan. Bu asarda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo‘yilgan va qullar past tabaqa deb hisoblangan. Bu asarda buyumni qiymati muommasi ko‘tariladi. Qiymat miqdori ish kunlari bilan bog‘langan, rag‘batlantirish esa mehnat natijasiga qarab belgilangan. Bu asarda davlatni boshqarish bo‘yicha takliflar berilgan bo‘lib, bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, bozor bahosi bilan qiymat o‘rtasidagi farq tovarga ehtiyoj ortganda uni bahosi oshib ketishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Savdo bilan shug‘ullanuvchilarga alohida urg‘u berilgan. Foyda masalasi ko‘tarilgan. Foydani miqdori tovar bahosi bilan bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan. Moliya sohasida daromad solig‘iga katta e’tibor qaratiladi. Davlat shu ishlarni rivojlantirish uchun moddiy va ma’naviy yordam berish kerak deyilgan. Jumladan, mahsulotga baho belgilashda davlatni boyitishdan, hisob-kitobni tartibga solishda, o‘g‘irliklarga qarshi kurashishda davlatning roli alohida ekanligi belgilangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling