L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Birinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
94 Birinchi gurux uchun tarqatma material. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining asosiy mohiyati. XU asr oxiri-XU11 asrlar davomida yangi iqtisodiy ta’limotlar merkantilizm va u bilan bog‘liq siyosat paydo bo‘ldi. Bu ta’limot bo‘yicha milliy - xalq boyligi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta’limotda ikki davrni ajratish mumkin: 1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya’ni pul degani) XU -XU1 asrlarda (qisman XU11 asrda) mavjud bo‘ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat bo‘ladi, degan g‘oya ilgari suriladi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko‘proq- nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targ‘ib qilingan. 2. Rivojlangan merkantilizm ta’limotida boylik savdo-sotiq sohasidagi savdo balansi asosida yuzaga keladi, imkoni boricha ko‘proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g‘oyalari ilgari surilgan. Merkantilizm ayrim mamalakatlardagi ko‘rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma’lum. Bu ta’limot yangi tug‘ilayotgan jamiyat- kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv harakterga ega bo‘ldi. Kapitalning dastlabki jamg‘arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo‘llab-quvvatladi, tovar muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizmda davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etish shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi. Merkantalizm tarixan cheklangan bo‘lsa ham (u XVIII asrda to‘g‘ri va qattiq tanqidga uchradi). Iqtisodiy ta’limotlar tarixida munosib o‘rinni egallaydi. Lekin bu ta’limot va unga asoslangan siyosatni to‘la amaolga oshirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan ma’lum. Merkantalizm moliya tizimi va savdo rivojiga muxim qissa qo‘shdi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling