L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


  Uchinchi gurux uchun tarqatma material


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   133
Bog'liq
44679-1

 
102 
Uchinchi gurux uchun tarqatma material. Sanoatning rivojlanishi va 
kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanishida Fransiya ham Angliya 
bilan bir qatorda bordi. Shuning uchun ham iqtisodiy ta’limotlar tarixida bu yerda 
ilg‘or fikrlar foyda bo‘ldi. Bu klassik burjua siyosiy iqtisodining Fransiyadagi 
asoschilaridan biri bo‘lgan Per Buagilber (1647-1714) ning iqtisodiy qarashlariga 
katta ta’sir ko‘rsatadi. P.Buagilber Normandiyaning dvoryan oilasida dunyoga keldi. 
Yaxshi ma’lumot olgach adabiyot bilan shug‘ullandi, keyinchalik Ruan okrugida sud 
vazifasida ishlab dehqonlar ishini nazorat qilib bordi, va ularning ahvolini o‘z ko‘zi 
bilan ko‘rdi, va u dehqonlarni betinim ximoya qilib borgani sababli o‘zini «qishloq 
xo‘jaligini advokati» deb ataydi.
U xayotdagi iqtisodiy muammolarni o‘zining ilmiy qarashlari bilan ifoda qilib 
berdi. Jumladan uning iqtisodiy qarashlarini «Fransiyaning to‘la tasviri», «Fransiya 
to‘g‘risida varaqa», «Boyliklar tabiati to‘g‘risida traktat» asarlarida ko‘rishimiz 
mumkin. 
Uning asarlarida Fransiyaning shu davrdagi og‘ir iqtisodiy ahvoli to‘la yoritib 
berilgan. Ayniqsa qishloq xo‘jaligining orqada qolib ketishi sabablari to‘g‘ri 
yoritilgan. Buning bosh sababi – olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning Kolber va 
davlat rahbarlarining merkantilistik qarashlari tarafdori ekanligi fosh etiladi. U 
o‘zining iqtisodiy ta’limotlarida sanoat rivojlanishining bir tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga qarshi chiqdi; qishloq xo‘jaligi manfaatlarini ximoya qiladi, don 
eksportini cheklashga qarshi chiqadi; soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo‘ladi, 
ezilgan xalq ommasining ahvolini yaxshilashni oqlaydi. 
Agar V.Pettining diqqat markazida pullar va boshqa tovarlar o‘rtasidagi 
almashuv munosabatlari turgan bo‘lsa, P.Buagilberning e’tibori tovarning tovarga 
bevosita munosabati, ya’ni tovarlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashuviga qaratilgan. 
Qiymatning iste’mol tomonini to‘g‘ri tan olgan. P.Buagilber pulga keskin qarshi 
bo‘lib, pulda yovuzlik va ofat mujassamlangan, tovarlarning «haqiqiy baho» asosida 
almashuvini buzilishiga sabab shundan, kelib chiqadi deb hisoblaydi. U oltin va 
kumushni buyuk yovuzlik deb baholagan. Agar V.Pettining iqtisodiy ta’limotida 
almashuv qiymati asosiy bo‘lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rolni o‘ynaydi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling