L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material. Fransiyada XVIII asrda
fiziokratlar (lotincha «tabiat va xokimiyat») ta’limoti ham vujudga keldi. Fiziokratlar maktabini shakllanishida feodal majburiyatlarning kuchayishi, dehqonlar ahvolini yomonlashuvi, qishloq xo‘jaligining tushkunligi, dehqonlar noroziliklarini kuchayishi va feodal munosabatlarga qarshi kurashi g‘oyasi o‘sgan bir davrda F.Kenening iqtisodiy qarashlari shakllandi. Fiziokratlar ta’limotining eng rivojlangan davri esa XVIII asrning 60-70 yillariga to‘g‘ri keladi. Fransua Kene (1694-1774) har tomonlama keng bilimli olim bo‘lib, Versal yaqinida kambag‘al dehqon oilasida dunyoga kelgan. U yoshligidan meditsinaga mehr qo‘yadi, qishloq jarroxidan dars oladi va meditsina amaliyoti unga shuhrat keltiradi, dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versel saroyiga ko‘chib o‘tadi. U 50 yoshidan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug‘ullana boshlaydi. 1758 yil uning asosiy va eng muhim asari «iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. Kene bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratadi, uning nazariy va siyosiy dasturni ta’riflab beradiAgrar masalani xal etish fiziokratlarning asosiy vazifasi bo‘lib qoldi. Ular qishloq 103 xo‘jaligini mamlakat boyligini asosi deb tushundilar. Fiziokratlarning yana bir muhim tomoni shundaki, ular merkantilistlardan farq qilib, o‘z tadqiqotlarini muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri ko‘chirdilar. Ammo fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo‘jaligi sohasi bilan cheklab qo‘yib yanglishdilar. F.Kene iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosini stixiyali o‘zgarishni iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak-xohishiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy jarayon ekanligini to‘g‘ri ko‘rsata bildi. Ammo bu abadiy qonunlar deb yanglishdi: fiziokratlarning iqtisodiy ta’limotida «sof mahsulot» tushunchasi markaziy o‘rinni egallaydi. Ya’ni uning fikricha «sof mahsulot» faqatgina dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta’sirida iste’mol qiymatlari faqat turli konbinatsiyalarda uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o‘zgaradi, lekin uning miqdori ko‘paymaydi shuning uchun «sof mahsulot» paydo bo‘lmaydi va boylik yaratilmaydi. Uning fikricha «sof mahsulot» miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog‘liq bo‘lib, bu chiqimlarga xom ashyo sarflari, materiallari va ish xaqi kiradi. Fiziokratlarning unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi ta’limoti «sof mahsulot» to‘g‘isidagi ta’limot bilan chambarchas bog‘liq uning davomi hisoblanadi. Kene «sof mahsulot» to‘g‘risidagi qarashlari oila jamiyatni uch sinfga: unumli sinf (fermerlar); yer egalari sinfi va «unumsiz» sinf (bu sinf sanoatchilar sinfi) deb ham aytiladi. Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo‘jaligi ishlari ham, fermerlar ham, ya’ni uningcha, «sof mahsulot» yaratuvchilarning hammasi kiradi. Yer egalari «sof mahsulot» yaratganligiga qaramasdan, shu bilan bu mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to‘lovi sifatida oladilar. «Samarasiz», «unumsiz» sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi va «sof mahsulot» yaratmaydi deb hisoblaydi. Kene burjua jamiyatining asosiy sinflarini ko‘ra bilmadi. Yollanma ishchilar bilan kapitalistlarni birlashtirib yanglishdi. Fizokratlarning yana bir muhim xizmatlari shuki, ular burjua dunyoqarashi doirasida kapital tushunchasini taxlil etishgan. Dehqonchilikda qo‘llaniladigan kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo‘jaligi qurollari va inventarlar, mollar, urug‘liklar xodimlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kirishini to‘g‘ri tushuntiradi. Merkantilistlardan farqli ravishda pullarning o‘zi emas balki pulga olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital bo‘lib hisoblanadi, deydi. Ammo, kapitallarning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari sifatida kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, tarixiy bo‘lmagan kategoriya deb ko‘rsatilgan. F.Kene ta’limotida ishlab chiqarish chiqimlarini tadqiq qilish orqali kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo‘ldi. Bunda kapitalning aylanish harakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlang‘ich avans hisoblanib, unga qishloq xo‘jaligi inventari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarf harajatlar kiradi. yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa qismiga urug‘lik olish, qishloq xo‘jaligi ishchilari, ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling