L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi gurux uchun tarqatma material.
13
M.Q.Pardayev. «Iqtisodiyotga oid fanlarni Yangi pedagogik texnologiya metodlarini qo‘llab o‘qitish». Uslubiy qo‘llanma. SamISI 2007y -79-80b 100 6. Endi gurux bo‘yicha har bir talaba yakka holda baholanishi lozimBuning uchun ularning har biriga shu o‘zlari o‘rganayotgan mavzudan yozma savollar beriladi va qog‘ozja javobiga joy qoldiriladi. Shu joyga har bir talaba o‘zining to‘g‘rii javobini yozishi lozim. So‘ngra javob yozilgan qog‘ozlar yig‘ilib olinadi. 7. Har bir savolning javobi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan bo‘ladi. Har bir talabaning o‘zi javoblarini o‘zlari tekshirib qanchasi to‘g‘ri qanchasi noto‘g‘ri ekanligini belgilab boradi. Tekshirish jarayonida bir guruxning javoblarini boshqasi tekshiradi. Har bir talabaning umumiy balini baholash mezoni asosida baholanadi. Ular «A’lo», «Yaxshi», «Qoniqarli», «Qoniqarsiz». Deb baholanadi. 8. Dars umumlashtiriladi. Uning yutuq va kamchiliklari umumlashtirialdi. Kelgusi dars uchun tegishli topshirishlar beriladi. Birinchi gurux uchun tarqatma material. Klassik iqtisodiy maktab paydo bo‘lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning umumiy harakteristikasi. Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining shakllana borishi bilan merkantilizm iqtisodiy ta’limoti o‘rniga klassik kapitalistik iqtisodiy ta’limotlari maktabi vujudga keldi. Uning namoyondalari o‘z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini oldilar va kapitalistik munosabatlarni ilmiy taxlil qilish bo‘yicha dastlabki qadamlarni qo‘ydilar. Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari ayrim mamlakatlarda feodal munosabatlarning uzoq vaqt saqlanganlik darajasiga qarab turlicha rivojlandi. Burjua munosabatlari sanoat rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, Angliyada XVI asrdan boshlab shakllana boshladi. Bunda uy hunarmandchiligi o‘rniga manfakturaning kirib kelishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Uy hunarmandchiligiga asosan ishlab chiqarishda hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan amalga oshiriladi, jumladan sotib olish, tayyorlash, qayta ishlash va sotish ishlari va boshqalar. Manufakturada esa (lotincha «qo‘l mehnati») mehnat taqsimoti, asosiy o‘rin egallaydi, kooperatsiyada esa asosan yollanma ishchi kuchidan foydalaniladi. Demak, yollanma ishchi kuchidan foydalanish XVI asrdan boshlab yuzaga kelganini ko‘ramiz. Bu kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining kurtaklari edi. Angliyada XV asrdan boshlab dehqonlarni yerdan mahrum qilishning boshlanishi, yerning yirik landlordlar qo‘liga o‘ta boshlashi oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga kelishi, ular yerni lendlordlardan uzoq muddatga ijaraga olishi ularning yollanma mehnatidan keng foydalanish keyinchalik texnikani keng qo‘llanish boshlandi. Xalq xo‘jaligini rivojlana borishi bilan kashfiyotlar ham yuzaga kela boshladi. Jumladan, Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa mexanika, astronomiya, fizika fanlari tez rivojlandi. Bu davr Isaak Nyuton (1643-1727), Tomas Gobs (1588-1679) singari olimlarni yetishtirib berdi. Tomas Gobs fikricha, jamiyat mexanizmga o‘xshash narsadir «inson insonga bo‘ri» bo‘ladi, egoizm insonning harakatlantiruvchi kuchidir. Tomas Gobsda tarixga zid fikrlar bor bo‘lib uning g‘oyasiga ko‘ra ijtimoiy xayotda xuddi tabiatdagi kabi ob’ektiv qonuniyatlar mavjuddir. Ana shunday sharoitda klassik iqtisodiy maktabi 101 shakllandi va rivojlandi. Bu maktab vakillarining merkantilistlardan farqi, ular faqat muomala munosabatlarini taxlil qilib qolmadilar, balki kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining ichki iqtisodiy aloqalarini o‘rgandilar va o‘z tadqiqotlarini ishlab chiqarish sohasiga ko‘chirdilar. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling