L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Birinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
107 Birinchi gurux uchun tarqatma material. XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g‘oyalarning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g‘oyalar A.Smit va D. Rikardo ta’limotlarida o‘z aksini topdi. Ular tomonidan yaratilgan ta’limot ingliz klassik iqtisodiyotining asosi bo‘ldi va jahon iqtisodiyoti fikriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu olimlar o‘zlaridan oldingi merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm g‘oyalarini mukammal o‘rganib, shular asosida yangi iqtisodiy maktabning shakllanishini nihoyasiga yetkazdilar. Klassik maktabning shakllanishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol o‘ynadi. R.Xeylbroner va L.Turoularning fikriga ko‘ra, shu davrda bozor jamiyati vujudga keldi. Bu tizimda kapital bozori paydo bo‘ldi va ishlab chiqarishda doimo boylik oqimi, ya’ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari tomonidan tashkil etiladigan jamg‘arma va investitsiyalar oqimi vujudga keladi, qarz oluvchilar bu boyliklardan foydalanganliklari uchun foiz to‘laydilar. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mehnat sarflari, yer va kapitallar ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Kapitalizmgacha ishlab chiqarish omillari umuman bo‘lmagan, degan xulosa chiqariladi. Albatta inson mehnati, tabiiy resurslar, shuningdek yer va ishlovchilar san’ati doim bo‘lgan, ammo mehnat, yer va kapital tovar emas edi. qanday qilib, haq to‘lanmaydigan mehnat, renta puli keltirilmaydigan yer va shaxsiy xazina ishlab chiqarish omiliga aylanib qoldi? Bu kapitalistik tuzumni keltirib chiqargan inqilob bilan bog‘liq. O‘z yerlaridan mahrum bo‘lgan ijarachilar shaharlarga ketishga va u yerda o‘z ishchi kuchini ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar. Bozor jamiyati uchun hayotiy zarur bo‘lgan ishlab chiqarish omillari tarixiy o‘zgarishlar tufayli yuzaga keldi. Oqibatda mehnat tovarga aylandi, yer ko‘chmas mulk bo‘lib qoldi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy erkinligi ba’zilar uchun yutuq, ko‘pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Bozor tizimi bir tomondan ishonchsizlik, azob-uqubat sababi bo‘lsa, shu vaqtning o‘zida taraqqiyot, imkoni va yutuqlari manbai hamdir. XVIII asrning ikkinchi yarmida «texnik yo‘nalishda» gi ishbilarmonlar guruhi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi. Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoat, xususan, to‘qimachilik sohasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi, J.Key to‘qimachilik mokkisini, 1733 yilda J.Hargrivs o‘z qizining nomi bilan atalgan «Jenni» mexanik to‘quv dastgohini kashf etdi, sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga keskin o‘zgarishlarga olib keldi.1701-1802 yillar oralig‘ida to‘qimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga o‘sdi. 1788-1838 yillarda cho‘yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha oshdi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling