L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Ikkinchi gurux uchun tarqatma material


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133
Bog'liq
44679-1

Ikkinchi gurux uchun tarqatma material. F.Listning iqtisodiy qarashlari. Fridrix 
List (1789-1846 yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand 
oilasida tug‘ildi. U o‘qishni 15 yoshda tutatib, hunarmandchilik ustaxonasida otasiga 
shogird bo‘lib ikki yil ishladi. Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli 
lavozimlarda ishlab, bir vaqtning o‘zida Tyubingen universitetini huquq 
mutaxassisligi bo‘yicha tugatdi. 1817 yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi 
amaliyoti kafedrasi professori bo‘lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo‘nalishdagi 
taniqli publisist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat’iy tarafdori sifatida 
tanildi. U 1847 yil Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan iqtisodchilar kongressida o‘zining 
aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy yetukligi va kuchli notiqlik qobiliyati bilan 
ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. List 1819 yilda Germaniya iqgisodiy birligini 
ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi. 
F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a’zosi bo‘lib, o‘zining keng demokratik 
islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday siyosiy chiqish Listga 
qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Natijada u 1825 yilda Germaniyani tark 
etib, AQShga doimiy yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug‘ullandi, 
keyinchalik nemis gazetalari-ning muharriri bo‘ldi hamda sanoat sohasida 
tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat qiluvchi 
Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xu-susiyatlarini chuqur o‘rganib, Amerika 
taraqqiyoti uchun iqtisodiy dasturni tayyorladi. 
1832 yilda F.List Yevropaga qaytib, AQShning Leypsigdagi elchisi bo‘lib ishladi. 
Shuningdek, u Leypsig-Drezden temir yo‘lini qurish maqsadida Germaniyada 
birinchi bo‘lib hissadorlik uyushmasini tashkil etdi. F.List o‘zining uchinchi va oxirgi 
emigrasiyasidan so‘ng Parijda uch yil yashadi. U o‘zining bor kuchini, idroki va 
iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o‘rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi 
manfaatlarining ifodachisi bo‘lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori 
maydonga chiqdi. U o‘zining «Siyosiy iqtisodning milliy tizimi» (1841) nomli asosiy 
asarida milliy siyosiy iqgisodni yaratish vazifasini o‘rtaga qo‘ydi. Mam-lakatning 
ishlab chiqaruvchi kuchlari to‘g‘risidagi ta’limot unga asos bo‘lishi kerak edi. F.List 
davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyatni ishlab chiqaruvchi kuchlar 
jumlasiga qo‘shdi. 
F.Listning ta’limotiga ko‘ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» 
(toj-taxtning meros bo‘lib qolishi, huquq, sud, armiya, politsiya va shu kabilar) 
yaratadi. 


 
116 
F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to‘g‘risidagi g‘oyalar 
katta o‘rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bosqichga: badaviylik, cho‘ponlik, 
dehqonchilik, dehqonchilik-manufaktura, dehqonchilik - manufaktura — savdo 
bosqichlarig‘a bo‘ladi. Bunday bo‘lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada 
sanoatning o‘sishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan 
— qishloq xo‘jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan 
iborat edi. 
F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishi va savdo 
siyosati atrofidag‘i qizg‘in tortishuvlarda alohida o‘rin egallab, nemis iqtisodiy 
fikriga katta ta’sir ko‘rsatdi. F.List o‘zining g‘oyalarini rivojlantirar ekan, 
Germaniyaning gullab-yashnashi sanoat taraqqiyoti orqali bo‘lishi mumkinligini va 
shuning uchun uni chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini ko‘rsatadi. 
Ushbu asar o‘z davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizg‘in qabul qilinib, katta 
qiziqish bilan o‘qildi. 
U faqatgina qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan millat bir qo‘l bilan mehnat 
qiladigan kishi kabidir, deydi. Davlat sistemasidagi tadbirlar milliy ish-lab 
chiqarishni chet el raqobatidan to o‘zini tiklab olguncha va teng raqobatdosh 
bo‘lguncha himoya qilishi kerak deyiladi. Er-kin savdoni amalga oshirishni esa u 
keyinroq, ya’ni hamma millatlar bir xil rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni 
tavsiya qiladi. Hozirgi. davrga kelib Listning bunday qarashlarining ayrimlari dolzarb 
bo‘lib, hayotda o‘z o‘rnini topmoqda. Chunki ularning oldida jahon bozorida 
hukmronlik qilayotgan rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi sharoitida o‘z 
sanoatlarini himoya qilish vazifasi turibdi.
14

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling