L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Beshinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Beshinchi gurux uchun tarqatma material.
A.Smit va D.Rikardo ta’limoti va hozirgi zamon. A.Smit va D.Rikardo Angliya klassik iqtisodiyotining eng buyuk va eng so‘nggi namoyondalari edilar, ularning g‘oyalari Sey,Sismondi va qisman Maltus tomonidan davom ettirildi, ammo bu g‘oyalarga katta biror yangilik kiritilmadi. A.Smit va D.Rikardo asarlarida klassik iqtisodiy maktab eng yuksak kutarildi va jahon iqtisodiy tafakkuriga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Klassik iqtisodiy maktab uchun shu narsa harakterliki, unda mantiqiy abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy voqealar imkoni boricha katta ob’ektivlik va xolislik bilan taxlil etildi va mavjud tizimni ataylab ongli maqtash bilan shug‘ullanilmadi. 112 Klassik iqtisodiyotning poydevori qiymatning mehnat nazariyasi asosida qurilgan. Bu ta’limot daromatlarni taqsimlash nazariyasiga ham asos deb qaralgan. Bu maktab birinchi marta o‘sha davrdagi ilg‘or burjua jamiyatining sinfiy tuzilishini to‘g‘ri yoritib berdi, kapitalistlar, yer egalari va yollanma ishchilarning daromad manbalari ochib berildi (ish haqi). Daromadlar o‘rtasida qarama-qarshilik yo‘q deb qaraldi. A.Smit o‘z asarida iqtisodiyot fanini har tomonlama to‘la tahlil etib, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish tamoyillarini to‘g‘ri ko‘rsatib berdi. Ular ta’limotining mohiyati qisqacha quyidagilardan iborat: 1. Tanlov va tadbirkorlik erkinligi; 2. Baholarning erkinligi (ya’ni bahoning bozorda talab va taklif asosida shakllanishi); 3. Erkin raqobat; 4. Mulk shakllarining turli - tumanligi va ularning qonun oldida baravarligi (ya’ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa mulklarning hayotiyligi); 5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi. Klassik (mumtoz) maktab vakillari inson xohishiga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunda iqtisod tizimida tabiiy turg‘unlikni ta’minlashga, o‘z-o‘zini boshqarishga qodir ekanligi tan olinadi. Shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo- sotiq qo‘llaniladi. «Ko‘rinmas qo‘l» yordamida iqtisodiyot avtomatik ravishda erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish qobiliyatiga egadir (ammo bu fikr J.M.Keyns tomonidan rad etiladi). Birinchi bor erkin bozor iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to‘g‘ri ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo‘lgan qiymat, pul, foyda, baho, ish haqi,renta, kapital va boshqalarga asosan to‘la va to‘g‘ri ta’rif berilgan. Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bekamu-ko‘st emasligi, uning jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan. Dars yakunida o‘qituvchi talabalarni mashg‘ulot davomida bergan javoblari, tartibi, gurux bo‘lib ishlashi, bir-birlarini fikrini xurmat qilishi va tingay olishlari hisobga olib qo‘ygan ballarini eshittiradi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling