L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material.
D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti. Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyondasi D. Rikardo (1772-1823) Petti va Smitning iqtisodiy g‘oyalarini yanada rivojlantirdi. U Londonda burjua dalloli oilasida tug‘ildi. Ikki yil Amsterdam (Gollandiya)da savdo maktabida ta’lim oldi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, keyinroq matematika o‘qituvchisi bo‘ldi. Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda kurortda A.Smitning «Xalqlar boyligi» asarini ko‘rib qoladi va unda bu fanga ishtiyoq paydo bo‘ladi. U jamiyat moddiy boyligi o‘sishi uchun ijtimoiy va taqsimotning qanday sharoitlari eng qulay va optimal degan masalaga to‘xtaladi. Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosi-pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti to‘g‘risida fundamental fikrlar berdi. Smitdan keyinroq yashagan Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to‘laroq tushundi. Uning fikrlari nisbatan teran bo‘lib, klassik iqtisodiyotni nihoyasiga yetkazdi; uagar A.Smit manufakturasini qo‘llasa, Rikardo sanoat davrining iqtisodchisi edi va fabrika afzalligini tushundi. Uning dastlabki «Oltin ajdahosi to‘g‘risida uch hat» (1809) va boshqa asarlari pul va muammolarining tahlil qilishga bag‘ishlangan. 1807 yilda uning asosiy asari bo‘lgan «Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi» chop etildi. 1824 yilda yozilgan «Milliy bank tuzishning rejasi» asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi. Rikardo qiymat qonunini ishlab chiqishda Smitning xulosalariga, garchi ularni qisman rad etsada, suyandi va ularni rivojlantirdi. U tovarning ikki faktori: iste’mol va almashuv qiymatlarini yanada aniqroq o‘rgandi. Rikardo Smit kabi qiymatning mehnat nazariyasini kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida qo‘llashda katta qiyinchiliklarga uchradi. qiymatning ishlab chiqarish bahosiga aylanish muammosiga e’tibor berdi va uni hal etishga urindi. Real hayotda kapitaldan olinadigan foyda shu kapitalning miqdori bilan aniqlanadi yoki foyda normasi mutaddillashish tendensiyasiga ega. 111 Rikardo ish haqi, foyda va renta masalalarini yechishga katta hissa qo‘shdi. U Smit kabi asosiy uch sinfning dastlabki daromadlari masalasiga e’tibor berdi. U mehnatni tovar deb (aslida ishchi kuchi tovar) hisoblab mehnatning bozor bahosi (ish haqi) tabiiy baho bo‘ladi va shu atrofda o‘zgaradi deb hisoblagan; tabiiy baho deganda ishchi kuchining qiymatini tushungan. Rikardo masalaga tarixiy an’analar asosida yondoshishga urinsa ham mehnatning tabiiy bahosini jismoniy minimumga tenglashtiradi: masalan, nonning bahosi va ish haqining pul miqdori o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor, - deydi u,- agar nonning bahosi oshganda ish haqi o‘zgarmasa ishchilar och qoladi va o‘limga mahkum etiladi. Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga katta e’tibor qildi. U dastlabki asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo‘lgan tovar deb qaragan. Pul qiymati uni topishga sarf qilingan mehnat bilan aniqlangan Rikardo pulning xususiyati shundaki, u alohida tovar, boshqa tovarlarning qiymat o‘lchovi va muomala vositasi sifatida harakat qiladi,- deydi. Rikardo Angliyaning tashqi aloqalar iqtisodiyotida katta rol o‘ynashini alohida o‘rgandi. U birinchilardan bo‘lib ayrim tovarlarni ishlab chiqarishdagina emas, (korxona doirasida),balki mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvining foydaliligini ishlab chiqdi. Bu tamoyil ko‘ra, ayrim mamlakatlar tovarlarni ishlab chiqarishda ayrim qiyinchiliklarga ega bo‘ladi va kam harajat sarf qilinadi. Nisbiy ustunlik nazariyasini yaratdi. Misol sifatida Angliyada tekstil, Portugaliyada vino ishlab chiqarish ustunligini isbotlab berdi. Rikardoning 1815 yilda yozilgan «Nonga bo‘lgan past bahoning kapital foydasiga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risidagi tajriba nomli pamfletida sinflarning iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi qisqa, ammo lo‘nda tarzda bayon etilgan. Uning asosiy xulosalari quyidagilardan iborat: agar iqtisodiyot rivoji o‘z holiga qo‘yilsa, aholining o‘sishi va kam unumdor yerlarga ishlov berilishiga o‘tishi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bahosi oshib boradi.Buning barcha foydasi yer egalari bo‘lgan lendlordlarga o‘tadi. Vaholanki, kapitalga bo‘lgan foyda normasi pasayadi. Bundan esa ishchilar ham ziyon ko‘radi, chunki ularning mehnatiga talab pasayib boradi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling