L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va foydalaniladigan tarqatma materiallar bayoni.
- Birinchi gurux uchun tarqatma material. K.I.Rodbertusning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi.
O‘qituvchi:
Belgilangan vaqtda interaktiv usulni qo‘llab mashg‘ulotni qiziqarli va mazmunli o‘tishiga erishadi Talaba: Mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga, fanning predmetini, maqsadini va o‘rganish usllarini to‘liq o‘rganishga, bir-birini fikrini xurmat qilishga va mustaqil fikrlashga o‘rgandi Kelgusi rejalar Interaktiv usulda mashg‘ulotlarni o‘tishga ko‘nikma hosil qilib boradi Mustaqil ishlash jarayonida tegishli topshirishlar bajarish ko‘nikmasini eagallab boradi. Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va foydalaniladigan tarqatma materiallar bayoni. 1. Mayda ishlab chiqarish nazariyalarining asosiy g‘ofyalari va nomoyondalari deganda fikringizga qanday g‘oyalar, ta’limotlar va konsepsiyalar keladi. Ushbu savolni yoritib berishda biz «Aqliy xujum» texnologiyasini qo‘llaymiz. Bunda 114 talabalar fikrlariga kelgan so‘zlarni navbat bilan bayon etadilar. Talabalar tomonidan beriladigan fikrlarning hammasini inobatga olinadi. Yetarlicha fikr yig‘ilgandan keyin o‘qituvchi tomonidan bu fikrlar umumlashtriladi. Texnologiyaning muhim tomoni talabalar erkin fikrlaydilar, ularning fikrlari tanqid qilinmaydi, nazardan chetda qoldirilmaydi, ularda fikrini bayon etishga ishonch paydo bo‘ladi. Rejadagi qolgan savollar «Kichik guruxlarda ishlash» texnologiyasi bilan olib boriladi. «Kichik guruxlarda ishlash» uchun kichik guruxlarg8a tarqatma mteriallar tarqatiladi. Birinchi gurux uchun tarqatma material. K.I.Rodbertusning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi. Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada, Shimoliy Greyfsvoldda 1805 yilda tug‘ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida huquqsan tahsil olib, shu mutaxao sislik bo‘yicha ma’lum vaqg ishladi. Burjua demokratik revo-lyutsiyasi yillarida parlament a’zosi, keyinchalik vazir (mi-nistr) lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. K.Rodbertus Germa-niya mayda burjua ik^isodiy ta’limoti vakili bo‘lib, Sen-Simon va sotsialist-rikardochilar g‘oyalari ta’sirida edi. U xayoliy sotsializm va konservativ reformizm g‘oyalari asosida o‘zining eklektik konsepsiyasini yaratdi. 1842 yidda K.Rodbertus «Davlat-xo‘jalik tizimimizni bilish yo‘lida» deb nomdangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sotsial xatlar» shaklida yozilgan. U aynan shu kito-bida qo‘shimcha qiymat nazariyasini ko‘rsatib o‘tdi. K.Rodbertusning nazariyasi va xulosala-riga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va D.Rikardoning iqtisodiy ta’limotlari bilan yaqindan tanish hamda bu ta’limotlarni chuqur ilmiy tahlil qilgan edi. Shuningdek, olim o‘z xatlarining birida qo‘shimcha qiymat va uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko‘rsatganligini va aniq qilib tushuntirganligini yozadi. U K.Rodbertus qo‘shimcha qiymatning foyda va yer rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o‘rtasida qo‘shimcha qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‘liq tushunmay, faqat renta nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‘rsatib o‘tdi. Haqiqatdan ham foyda va yer rentasini ishchilarga haq to‘lamaslik samarasi deb hisoblash, bu hali qo‘shimcha qiymatning ilmiy nazariyasini yaratish degan gap emas edi. K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy asaridan tashqari, katta tomni tashkil etgan to‘rtta «ijtimoiy xati»da bayon etilgandir. Unda u qiymatning mehnat nazariyasini sodda ko‘rinishda tahlil qildi. Qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanmasdan, balki barcha mexnat harajatlari bilan anikdanib, bu o‘rinda bir xil mehnat harajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat’i nazar bir xil qiymat hosil qiladi, deb ko‘rsatiladi. K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o‘lchovi sifatida oltin va kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o‘zgarmas o‘lchov deb hisoblaydi. Bu o‘rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi, Lekin olim xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo‘jaligi sharoitida pulning zaruriyatini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o‘zining taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch bosqichdan iborat bo‘ladi: 115 1. K.Rodbertus ijtimoiy (milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo‘linishini ko‘rib chiqadi. 2. U rentani kapital va yer rentasiga bo‘lishga o‘tadi. 3.Uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer rentasining kapita-list va yer egalari o‘rtasidagi taqsimotini ko‘rib chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so‘nggi yillar qiymatning mehnat nazariyasidan uzoqlashib, mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e’pon qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilish sinfiy kurashsiz evolyutsion yo‘l bilan amalga oshirishni ko‘zda tutar edi. Bu yo‘l keyinga islohotchilik yo‘nalishidagi nazariy maktab to-monidan qo‘llaniladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling