L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi gurux uchun tarqatma material.
To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material. Tarixiy maktab g‘oyalarini Karl
Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan o‘rgandi. 1853 yilda uning «Tarixiy usul nuqtai nazaridan siyosiy iqtisod» kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning qarashlarini himoya etish va muntazamlashti-rishga harakat qildi. K.Knis alohida iqgisodiy qonunlar yo‘q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar bor deb da’vo qildi. Shunga asoslanib u xususiy mulkchilik va kapitalizmning abadiyligi to‘g‘risida. xulosa chiqardi. Knis siyosiy iqtisodni tarixiy usul poziqiyalarida turib tez qayta qurish mumkinligini asoslamoqchi bo‘ldi. Uning fikricha, siyosiy iqgisod faqat iqtisodiy hodisalarni tasvirlab berishi mumkin, u nazariy umumlashmalarni berishga qodir emas. Knis iqgisodiy hodisalarni bilib olish hodisalari deb statistika va tarixiy bayonni tan oldi. U iqgisodiy siyosatga katga ahamiyat berdi. Bu siyosatni amalga oshirish uchun turli xalqlarning iqgisodiy turmushiga oid kuzatuvlardan olingan aniq- ravshan shart-sharoitlarni bilish zarurligini uqgirdi. Knis millat turmushining iqgisodiy sharoitlari uchun shaxs, jamiyat va davlatning mas’uliyatini qorishma tarzda birlashtirmoqchi bo‘ldi, pulni talqin etishda metallchilar konsepsiyasi pozitsiyasida qoldi. Beshinchi gurux uchun tarqatma material. 1848 yilda Bruno Gildebrand (1812-1878) «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» kitobini e’lon qildi. Bu kitobda u F.Engelsning «Angliyada ishchilar sinfining ahvoli» asariga qarshi chiqqi. B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining ahvolini yaxshilaydi va bu tuzumga qarshi kurashdan ma’no yo‘q, deb hisoblaydi. B.Gildebrand iktisodiy hodisalarni tadqiq qilishning o‘z tarixiy usulini ilgari surdi, bu usul jamiyat tizimining iqgisodiy qonunlarini taxlil etishga statistika va tarixiy ma’lumotlarni yuzaki tarzda to‘plashni qarama-qarshi qo‘ydi. U qiymatni foydalilikdan iborat deb biddi va xususiy mulkchilikning himoyachisi bo‘lib maydonga chiqqi. Xususiy mulk-chilikni har qanday ta’na qilishni tarixiy qrnuniyatlarni halokatli ravishda buzish deb ta’rifladi. B.Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimi natura, pul va kredit xo‘jaligini o‘z ichiga oladi. U ay-irboshlash konqepqiyasiga asoslanib ish tutadi va ishlab chiqarish vositalarining bu xususiyatini tan olmaydi, holbuki uning xususiyati iqtisodiy formaqiyaning ijtimoiy tabiati-ni va jamiyatning sinfiy tuzilishini xizmatini tashkil qildi. 1861 yilda B.Gildebrand Germaniyaga qaytib, hayotining oxirigacha Yen universitetida faoliyat ko‘rsatdi. U o‘z asarlarining maqsadi qilib millat xo‘jalik rivojlanishi qonunlarini o‘rganishga e’tiborni qaragdi, turli xalqlar iqtisodiy tarixini o‘rganishda taqqoslash usulini qo‘llash zarurligini ko‘rsatdi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling