L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Ikkinchi gurux uchun tarqatma material
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Ikkinchi gurux uchun tarqatma material. Mehnat taqsimoti va pul
to‘g‘risidagi ta’limot. Smit o‘z davri uchun mos ravishda manufakturani ishlab chiqarishning eng ilg‘or shakli deb baholaydi, uning tarixan o‘tkinchiligini tushunmaydi. A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g‘oya yotadiki, unga ko‘ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo‘ladi. A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat,qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalari) boylikning asosi deb biladi. U kapitalistik ishlab chiqarishning manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progress (taraqqiyot)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keldi. Birinchidan, mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chaqqonligi va mohirligi oshadi. Ikkinchidan, bir turdagi ishdan boshqasiga o‘tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi. Uchinchidan, mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug‘diradi, ya’ni takrorlanadigan jarayonlar mashina qo‘llashga qulaylik yaratadi. 109 A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan (bir xil mehnat, toliqish…) Manufakturadagi mehnat taqsimoti va endigina rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi. Smit tovar dunyosida pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko‘rsatib berdi. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan alohida ta’kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo‘lib, iqtisodiy jarayenlarni yengillashtiradi, uni «muomalaning buyuk g‘ildiragi» deb baholaydi. A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettining nazariyasiga nisbatan ancha chuqur va to‘laroq ishlab chiqdi. A.Smit qiymatni daromad bilan ham tenglashtirishga uringan. U aytadiki, ish haqi, foyda va renta har qanday daromadning, xuddi shuningdek har qanday almashuv qiymatining dastlabki uch manbaidir. Demak, Smit kapitalizmiga xos yana bir qiymat- daromad nazariyasini o‘ylab topdi, bu yerda daromad ish haqi darajasi, foyda, renta bilan aniqlanadi. qiymatni daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning mehnat nazariyasiga qarama - qarshidir. Daromadlar to‘g‘risidagi ta’limot. A.Smit jamiyat a’zolarining ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan munosabatlariga ko‘ra uch sinfni ajratib berdi: ishchilar, kapitalistlar va yer egalari. Har bir sinf o‘zining asosiy daromadini: ishchilar, ish hakini, kapitalistlar foydani, yer egalari esa rentani oladilar. Ular o‘rtasida nomuvofiqlik yo‘q. Ish haqi, ya’ni ishchining daromadi Smitning fikri bo‘yicha mehnat mahsuloti bo‘lib, mehnat uchun to‘lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy takror ishlab chiqarishda ham mehnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab chiqaruvchi bilan yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. U oddiy takror ishlab chiqarishda «ish haqi» ishchining butun mehnat mahsulotiga teng. Smit ta’limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo‘q, u kapitalist va ishchi o‘rtasidagi munosabatda ishchi kuchi sotilishi jarayonini tushunmagan. Ammo ish hakining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi kuchining qiymatidan foydalangan, ish haqining miqdori to‘g‘risida gap borganda esa tirikchilik harajatlari qiymati hisobga olinishi kerak, deydi. Smit foyda normasi va protsent (foiz)ning past darajasini iqtisodiy rivojlanish va «Millatning ravnaqi» ko‘rsatkichi deb harakterladi, ammo foyda normasining pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling