L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Baholash: reyting tizimida Kutiladigan natijalar O‘qituvchi
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Zig-zag» usuli bilan Amaliy mashg‘ulotni olib borilishi
106 Baholash: reyting tizimida Kutiladigan natijalar O‘qituvchi: Belgilangan vaqtda interaktiv usulni qo‘llab mashg‘ulotni qiziqarli va mazmunli o‘tishiga erishadi Talaba: Mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga, Smit va Rikadolarning iqtisodiy talimotlarini o‘rganishga, bir- birini fikrini xurmat qilishga va mustaqil fikrlashga o‘rgandi Kelgusi rejalar Interaktiv usulda mashg‘ulotlarni o‘tishga ko‘nikma hosil qilib boradi Jamoa bo‘lib ishlash, o‘z fikrini bayon etish ko‘nikmasini egallab boradi «Zig-zag» usuli bilan Amaliy mashg‘ulotni olib borilishi «Zig-zag» usulining bir qancha afzalliklari bor. Xususan Ushbu usulni qo‘llash orqali talabalar jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini hosil qiladi va mavzuni o‘zlashtirishga ketadigan vaqt tejalib, qisqa vaqtda kata materialning o‘zlashtirilishiga erishiladi. Ushbu usulning ketma-ketligi qo‘yidagicha amalga oshiriladi: Talbalar bir qancha kichik guruxlarga bo‘linadi. Har bir guruxga mavzu bo‘yicha bittadan savol beriladi. Har bir gurux a’zolari tarqatilgan savollarni belgilangan vaqtda o‘rganadilar. Har bir guruxda yetakchi saylanadiva ular tarqatilgan matnni o‘rganishda, savolning mazmunini trearn tushunishda guruhiga yetakchilik qiladilar. Liderning fikri gurux azolaritomonidan inobatga olinadi va to‘ldirialdi. Matnlar guruxda to‘liq o‘rganilib bo‘lingandan keyin ular guruxlararo almashtiriladi. Guruxlarda Yangi savol o‘rganiladi. Kichik guruxlarda barcha savollar o‘rganilguncha Ushbu jarayon takrorlanadi. Guruxlar bir-birlarining bilimlarini baholash va o‘shlashtirish darajasini aniqlash uchun guruxlar o‘qituvchi belgilab bergan tartibda bir-birlariga savollar beradilar. Savol berilgan gurux javob berishi va boshqa guruxlar qo‘shimcha qilishlari mumkin. O‘qituvchi har bir jaob bo‘yicha guruxlarni baholab boradi. Gruxda faol qatnashgan talabalar yuqori ball bilan rag‘batlantiriladi. Bir marta ham savol jaobda qatnashmagan talabaga qoniqarsiz ball qo‘iladi. Mazkur mavzuni «Zig-zag» usulida olib borishda gurux 5ta kichik guruxlarga bo‘linadi. Chunki mavzu 5ta savolga bo‘lingan. Ushbu usulning afzalligi talabalar barchasi mavzuni to‘lig‘icha o‘rganishga va baholanish uchun javob berishga harakat qiladilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling