L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   133
Bog'liq
44679-1

Sinflar nazariyasi 
A.Tyurgo F.Kenega o‘xshab, jamiyatni 3 sinfga ajratadi:
1.Unumli sinf (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo‘lgan kishilar); 
2.Unumsiz sinf (sanoat va boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida va 
xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan kishilar); 
3. Yer egalari sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfni «ishlovchilar yoki ish bilan band 
bo‘lganlar» deb ataydi.
Ularning har biridagi odamlarni ikki guruhga bo‘lib ko‘rsatadi, ya’ni avans 
beruvchi tadbirkor yoki kapitalistlar, ular katta kapital egalari sifatida namoyon 
bo‘lib, o‘z avansi yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar 
va ish haqi oluvchi oddiy ishchilar, ular ishlab chiqarish vositalaridan mahrum. 
Qiymat, pul va foiz nazariyalari 
A.Tyurgo qiymat, baho va pulni tahlil qildi. Uning bu sohadagi fikrlari o‘ziga 
xos harakterga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan farq qiladi. A.Tyurgo 
tovarning almashuv qiymati va bahosi sotuvchi va haridorlar istagining intensivligi 
bilan aniqlanishi to‘g‘risidagi g‘oyani, ya’ni foydalilik g‘oyasini ilgari surdi. 


 
105 
A.Tyurgo qog‘oz pullarning miqdori yaratilgan tovar va xizmatlarning 
miqdoriga mos kelmagan sharoitda bunday pullardan foydalanish noqulayliklari 
to‘g‘risidagi qoidani dalillar bilan isbotlab berdi.
Olim iqtisodiyotda proteksionizm siyosatining salbiy tomonini ko‘rsatib berdi.
Shu bilan birga ssuda foizini qo‘llab-quvatlaydi. Uningcha, qarzdor ssuda 
foizini o‘z foydasidan to‘laydi va bunday «kelishuvdan» qarz beruvchi ham, qarz 
oluvchi ham manfaatdor. 
Dars yakunida o‘qituvchi talbalarni mashg‘ulot davomida bergan javoblari
tartibi, gurux bo‘lib ishlashi, bir-birlarini fikrini xurmat qilishi va tinglash olishlari 
hisobga olib qo‘ygan ballarini eshittiradi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling