L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi gurux uchun tarqatma material.
- Uchinchi gurux uchun tarqatma material.
Q
R Y E Marshall xochi (kresti) 122 Keyinchalik «talab bahosi» rivojlantirilib «talabning elastikligi» (qayishqoqligi) konsepsiyasi ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx) o‘zgarishiga bog‘liqligi ko‘rsatkichidir. Ikkinchi gurux uchun tarqatma material. Marjinalizm iqtisodiy ta’limotning navbatdagi bosqichi yangi klassik yo‘nalish bo‘lib,uning shakllanishi ingliz Alfred Marshall nomi bilan bog‘liq (yuqorida berilgan), shu yo‘nalish tarafdorlari ichida amerikalik J.B.Klark, italiyalik V.Pareto g‘oyalarini ko‘rsatish mumkin. Bu olimlarda ekonometrik usullar yetakchidir. Yuqorida dastlabki ikki olim haqida fikr bildirgan bo‘lsak, bu yerda Vilfredo Pareto(1848-1923)ning iqtisodiy g‘oyalari kata ahamiyatga ega. Uning asosiy asoslari: «Siyosiy iqtisod kursi» (1898), «Siyosiy iqtisod ta’limoti» (1906) va «Umumiy sotsialogiya bo‘yicha traktat»(1916). U L.Valras bilan (1982 yildan) birga Lozane universitetida ishlay boshladi. Uning asosiy xizmati shuki, u asosiy marjinalistik tushuncha «foydalilik» («naf»)ni miqdoriy o‘lchashniig yangi usulini taklif etdi, u «ijtimoiy maksimal foydalilik» yoki «Pareto optimumi»ni muomalaga kiritdi. Bu tushuncha xatto bu odamning turmush darajasi yaxshilanishi barchaning turmush darajasi ortishi uchun yoki jilla bo‘lmasa yomonlashmasligi mumkinligini hisoblash imkonini beradi. Bu konsepsiya foyda (foydalilik)ni maksimum qilish uchun optimal qaror qabul qilish yo‘lini yaratadi. Uchinchi gurux uchun tarqatma material. Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, iqtisod sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridman (1912) hisoblanadi. Uning «Pulning miqdoriy nazariyasiga oid tadqiqotlar» nomli asari (1956) katta ahamiyatga ega. Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul kategoriyasi va pul-kredit dastaklari turadi. Monetarizm bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariya bo‘lib, davlatning pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlangan holda, pul muomalasini nazorat qilish rolini tan oladi. Boshqa sohalarga davlat aralashuvini inkor etadi. Pulga bo‘lgan talab va taklif Inson bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z boyliklarini har xil shakllarda (pul, qimmatli qog‘ozlar, yer uchastkasi, ko‘chmas mulk) saqlashi mumkin. Boylikning bir qismini pul shaklida ushlab turish maqsadga muvofiq. M.Fridmanning real kassa qoldiqlariga bo‘lgan talab formulasi qo‘yidagi ko‘rinishga ega: D m = M / R = F ( R b, Re, P e, K, Y/R, u), Bu yerda: M / R – real kassa qoldiqlari summasi, R b va Re – obligatsiya va aksiyalardan olinishi kutiladigan nominal daromad normasi, P e – baholar o‘zgarishi, K – moddiy ashyoviy shaklda jamg‘arilgan boyliklar ulushi, Y/R – real daromad , u – hisobga olinmagan omillar. Muomalada pul taklifi markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi, tijorat banklari beradigan kreditlar miqdori, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pul massasi ko‘p bo‘lsa tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab yuqori 123 bo‘ladi. Pul massasining ko‘payishi bilan baholarning o‘sishi kelib chiqadi, bu esa tadbirkorlarni ishlab chiqarish xajmini kengaytirishga, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga rag‘batlantiradi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling