L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
44679-1

 
 
 
 
 


 

MAVZU-1: IQTISODIY TA’LIMOTLAR FANINING PREDMETI
VA O‘RGANISH USULLARI 
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o‘rganish 
uslubi. 
Iqtisodiy fan tarixida ilmiy davrlash, maktablar va yo‘nalishlar tushunchasi. 
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanning predmeti bo‘lib- bu ma’lum davrlardagi u 
yoki bu sinflar, ijtimoy qatlamlar, insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy 
g‘oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayonini 
o‘rganadigan fandir. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar 
evolyutsiyasi, iqtisodiy g‘oya va nazariyalarning shakllanish va rivojlanish 
qonuniyatlarini o‘rganadi. ITT vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro 
etilgan quldorlik davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy 
jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, 
to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash. nazariya 
va ta’limotlarni o‘z ichiga oladi. 
Bu g‘oyalar ayrim iqgisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va 
yo‘nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng 
qadimgi davrdan boshlab to xrzirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy 
fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlarni o‘z ichiga oladi. 
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o‘rganish 
uslubi. 
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy fanlar, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan 
bevosita bog‘liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil 
harakterga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xujaligi tarixi, iqtisodiy 
tarix va iqtisodiy konsepsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish 
osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishlarni shart-sharoitlari va oqibatlarini taxlil 
etishga katta ko‘mak beradi.
Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar 
Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Halqlar boyligi» asarida asosan to‘la 
tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar esa qadimdan ma’lum, ularni o‘rganishda 
eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‘p xollarda Amerikani 
yangidan kashf etishga xojat qolmaydi.
1
Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy taxlilning ilg‘or uslublari yig‘indisidan iborat 
bo‘lib, tarixiy, induksiya, deduksiya, mantiqiy abstraksiya kabi usullardan keng 
foydalanadi. 
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani «Iqisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog‘liq, 
lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng‘ muhim iqtisodiy 
1
Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. -5b. 


 

kategoriyalarning so‘nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim 
ham turg‘un bo‘lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa, keskin o‘zgarishlar davrida 
evolyutsiyada bo‘ladi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat 
arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot, 
konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, 
sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqgai nazaridan tarixiy rivojlanishi 
tadqiq etiladi. 
Iqgisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik ob’ekti bilan chambarchas 
bog‘liqpigini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi 
sababli tamoyilda ilmiy emas deyish mumkin emas», deb yozadi taniqli iqgisodchi 
T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul 
qilish, rivojlantirish yeki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar 
faqat yangi nazariyalarnigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi nazariya 
avvalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon 
bo‘ladi yoki bugun biz «yangi», degan fikr ma’lum vaqgdan keyin o‘zgarishi 
mumkin. 
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqgisodiyot nazariyasi fani bilan 
bevosita bog‘liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va 
mustaqil xususiyatga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xo‘jalig‘i tarixi, 
iqgisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni 
o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishning shart-sharoitlari va 
oqibatlarini tahlil etishga katta ko‘mak beradi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling