L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Mavzu yuzasidan tayanch so‘z va iboralar
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘hna Vaviloniya iqtisodiy fikrlari.
Mavzu yuzasidan tayanch so‘z va iboralar: iqtisodiy ta’limotlar tarixi, g‘oyalar, konsepsiyalar, davrlar, maktablar, yo‘nalishlar Muhokama uchun savollar 1. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmetini tushuntirib bering. 2. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasini tushuntiring. 3. Maktablar, yo‘nalishlar deganda nimani tushunsiz. 2 «Halq so‘zi» 9 fevral, №28 (4438). I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi Axboroti 8 4. Mustaqillik yillarida mamalakatimizda erishlagan yutuqlarning ahamiyati to‘g‘risida. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998. 2. I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi Axboroti. «Halq so‘zi» 9 fevral, №28 (4438). 3. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 3-15b. 4. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. 3-5b. 5. R.Qarshiyev., A.To‘xtamishev. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ma’ruzalar matni. SamKI, 2000y. MAVZU-2: QADIMGI DUNYO FEODAL JAMIYATI VA ILK KAPITALIZMNING IQTISODIY TA’LIMOTLARI Ko‘hna Vaviloniya iqtisodiy fikrlari. «Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar. Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy ta’limotlar Qadimgi Xitoy iqtisodiy g‘oyalari. Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlar. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar. Ko‘hna Vaviloniya iqtisodiy fikrlari. Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan qadimgi Sharqdan izlash mantiqan to‘g‘ridir. Iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan bog‘langan, ammo hozirgi paytda qo‘l yozmalarda aks ettirilgan g‘oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi bilan bog‘lanadi. Dastlabki iqtisodiy fikrlar quldorlik davridan e’tiboran yozuv paydo bo‘lishi bilanoq qadimgi dunyoda vujudga keladi. Miloddan 4 ming yil avval o‘sha davrning madaniyat o‘chog‘i hisoblangan Mesopotamiya va Misrda ilk yozuv kashf qilinadi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro‘y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo‘jaligida intensiv, ko‘p hollarda sug‘orma dehqonchilikka o‘tildi. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko‘pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo‘ldi. Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Vaviloniya bo‘lgan. Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko‘proq tovar ayirboshlashga jalb qilinardi. Ularning ba’zilari sudxo‘rlar to‘riga ilinib, xonavayron bo‘ldi va qullarga aylandi. Jamiyatdagi 9 erkin kishilarni sudxo‘rlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurati kuchaydi. Chunki erkin fuqarodan soliq to‘lash, sipohlikka olishda foydalanish mumkinedi. Qulllarning bunga haqlari yo‘q edi. Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtai nazaridan Eshnunn podshohi qonunlari (m.o. XX asr) va Hammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr) ancha diqqatga sazovor. Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho o‘rnatishdan boshlanadi. Bunda arpa, yog‘, teri, tuz, miss va boshqa mahsulotlarning kumushdagi narxi o‘rnatildi. Qat’iy narxning o‘rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara haqi darajasini, jarima miqdorini, foiz normasini aniqlash imkonini berdi. Podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi. Qadimgi Vaviloniyada (Bobilda) Hammurapi (m.o. 1792-1750y., 18 asr) podsholik qilgan davrda tayyorlangan qonunlar to‘plami (jami 282ta) ancha obro‘ qozongan. Bu to‘plam Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey – Luvrda saqlanyapti. Nushasini BMT binosidagi muzeyda ham ko‘rish mumkin. Toshga o‘yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. 3 Qonun moddalarida Vavilon fuqarolarning mulkini himoya qilish, ijara, sudxo‘rlik va ishga yollash masalalari ko‘rib chiqilgan. Hammurapi qonunlarida fuqarolarning ulushi (yerlari) sotilishi man etiladi. «Sipoh yoki daromad to‘lovchiga tegishli bo‘lgan dala, uy, bog‘, - deyiladi qonunda, - kumushga sotilishi mumkin emas». Sudxo‘rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sudxo‘rlikning keng rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillaridan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining 3 yil Bilan cheklanishidir. ( 4 yilga unga erkinlik berilishi lozim bo‘lgan). Biroq sudxo‘rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo‘lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish yoki yashash vositalari Bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi bo‘lmagach, ozod etilgan qarzdor Yana qayta sudxo‘rga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Qonundagi asosiy maqsad – ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko‘z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling