L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar.
«Avesto», ya’ni «hayot yo‘riqnomasi» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sanaladi. Kitobning muallifi Zardusht (m.o. 589-512y.) hisoblanadi. U Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatgan ilohiyatchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo‘lgan. «Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’iy nazar ularning ro‘shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Jumladan, sun’iy sug‘orish asosida 3 Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. -7b. 10 dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e’zozlash, hayvonlarni asrash, noo‘rin so‘ymaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalair yoritilgan. «Avesto»da …erga yaxshi, sog‘lom urug‘lar sepishdan ortiq savob ish yo‘q…» deb, xalq xo‘jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib beriladi. Jumladan, kitobda yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish og‘ir gunoh hisoblanadi. 4 Shu bilan birga asarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan. Masalan, «yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog‘lom, baquvvat bolalarga ega bo‘ladi», deb o‘qtiriladi. Shu Bilan birga «yomon ovqatlanishdan odob- axloq ham aynib ketadi». Avesto ma’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug‘ jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo bo‘lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‘lgan. Aholi ko‘proq yarim ko‘chmanchilik asosida kun kechirgan. ekstensiv chorvachilik yetakchi edi. «Avesto»ning to‘liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, hozirgi davrda rus va o‘zbek tillariga tarjima etilgan. «Avesto» miloddan avvalgi 9-7 asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayoti haqida g‘oyat muhim ma’lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy boyligidir. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling