L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
44679-1



 
L.N.Xalikova, U.R.Mavlonova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI 
O‘quv-uslubiy qo‘llanma 
(barcha yo’nalishdagi bakalavrlar uchun) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand 2009 


 

 
 
 
 
Tuzuvchilar: Xalikova L.N., Mavlonova U.R. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» 
uslubiy qo‘llanma SamISI 
Taqrizchilar: i.f.n. dots. J.O.Oripov SamISI «Kasb-xunar ta’lim» kafedrasi 
 i.f.n. dots. M.B.Shodiyev. SamDU «Iitisodiyot nazariyasi» kafedrasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

 
KIRISH
 
Ushbu uslubiy qo‘llanma bakalavriat ta’lim standartlariga kiritilgan «Iqtisodiy 
ta’limotlar tarixi» fanidan barcha bakalavriat yo‘nalishdagi talabalarga mo‘ljallangan. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ITT) iqtisodiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. U 
iqtisodiy nazariyani to‘ldiradi va mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni 
tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o‘ynaydi. 
Ayniqsa, hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo‘shqinlik bilan kirib 
bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq bilishga 
intilmoqdalar. Shu maqsadda respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham 
«Iqtisodiyot asoslari» fani o‘tilmoqda 
Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan jarayonlarni passiv aks 
ettirmaydi, balki ularga muayyan ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan ijtimoiy rivojlanishning 
tezlashishiga yoki sekinlashishiga olib keladi. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda 
ayrim shaxslar, olim yoki hokimlar tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik 
fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda 
shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba’zida esa tushkunlikka uchragan. 
Hammaga ma’lumki, ko‘pchilik konsepsiyalar davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi 
hisoblanib kelindi. Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti 
to‘g‘risidagi fikrlar A.Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi» 
asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan.Uzoq o‘tmishdagi ko‘pgina o‘gitlar, hayotiy 
tajribalar, allomalarning fikri va g‘oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o‘rganish 
va eng muhimi hayotga tatbiq etish zarur.Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill 
(1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni 
bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, bosib 
o‘tilgan yo‘lni to‘g‘ri baholash va kelajak istiqbolni ko‘zlash haqida gap boradi. 
Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan davr 
iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o‘tgan donishmandlarning fikr-
mulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish va Yangi 
g‘oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Aniqrog‘i, oldin yaratgan mashinani qayta 
kashf qilishga hojat qolmaydi. Zero tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. 
Ushbu uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda 27.07.06 yil O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «iqtisodiy ta’limotlar 
tarixi» fanidan Namunvaiy Dasturga asoslanildi.Uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda 
A.Islomov, E.Egamovning «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» o‘quv qo‘llanmasidan, 
Razzoqov A. va boshq. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» darslikligidan, Tarjimonlar I. 
Fozilov va boshqalar tahriridagi «Amaliy iqtisodiyot» o‘quv qo‘llanmasidan hamda
R.Qarshiyev, A.To‘xtamishev. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» o‘quv qo‘llanmasidan 
foydalanildi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling