L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klassik iqtisodiy maktabningvujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari.
Muhokama uchun savollar 1. Merkantilizm ta’limotining mazmuni va uning bosqichlari, umumiylik va farqlari nimadan iborat? 2. Merkantilizm bo‘yicha boylikning asosi nima? 3. Merkantilizm ta’limotining asosiy namoyandalari kimlar? 4. Merkantilizm ta’limotining tarixiy ahamiyati va taqdiri. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998. 2. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 101-121b. 3. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. 40-47b. 4. Amaliy iqtisodiyot: / O‘quv qo‘llanma/ Tarjimonlar I. Fozilov va boshqalar. «Sharq» 1996 14b. 5. R.Qarshiyev., A.To‘xtamishev. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ma’ruzalar matni. SamKI, 2000y. 20 MAVZU-4: ILK KLASSIK MAKTABNING VUJUDGA KELISHI DAVRIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR Klassik iqtisodiy maktabningvujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari. V.Pettining iqtisodiy ta’limoti. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari. Fiziokratlar. F.Kene – fiziokratlar ta’limotlarining asoschisi. A.Tyurgoning iqtisodiy ta’limoti. Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri. Klassik iqtisodiy maktabningvujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari. Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo‘lishi Angliyada 17-asrga to‘g‘ri keldi. Buyuk Britaniya dunyoda iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatga aylandi. Bu yerda manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon, ko‘p va sifatli xom Ashe hisobiga ro‘y berdi, tayyor mollar esa o‘sha va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullagan. Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada aynan Angliya yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb olsak, u o‘zidan 120 marta kata bo‘lgan yerni koloniyaga aylantirgan va undan ustalik Bilan foydalangan. 18-asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi. Xullas, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish uchun, ya’ni iqtisodiyotni ob’ektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan V.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene iqtisodiyotni ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qildilar. Bu maktabni klassik (mumtoz) deb atalishining asosiy sababi, eng avvalo, shundan iboratki, uning ko‘plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy, namunali bo‘lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etadi. «Klassik maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan. Klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy Fan maqomiga ega bo‘ldi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili V.Petti bo‘lsa, Fransiyada – P.Buagilber, F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik bu maktkb ta’limoti A.Smit, D.Rikardo, J.B.Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S.Mill, K.Marks tomonidan yakunlandi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling