L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
V.Pettining iqtisodiy ta’limoti
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.Pettining boylik va pul nazariyasi
V.Pettining iqtisodiy ta’limoti.
Vilyam Petti (1623-1687) – Angliyada klassik siyosiy iqtisodining asoschisidir va statistika fanining kashfiyotchisidir. V.Petti professional iqtisodchi-olim bo‘lgan. V.Petti iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida traktat» (1662), «Donishmandlarga so‘z» (1665), «Siyosiy arifmetika» (1683) va boshqa asarlarni yozdi. U asosiy e’tiborni savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. 1647 yilda u nusha ko‘chiradigan mashinani (kseroks) ixtiro qildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlarni himoya qildi. Xususiy mulkni «Muqaddas» va «Dahlsiz» deb bildi. U iqtisodiy tadqiqotda 21 tabiiy fanlarn ya’ni abstrakt usullarni qo‘llab, har bir masalaning ichki bog‘liqligiga asosiy e’tiborni qaratdi. Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarni soliq to‘lashlarini zarur deb bildi. Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to‘g‘ri hal etdi, ya’ni pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga to‘g‘ri, pulning aylanish aborotiga esa teskari proporsionalligini aniqladi. Pulning meyorida bo‘lishini qo‘llab quvvatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi(yer bahosini to‘g‘ri hal etmadi). Petti «Siyosiy arifmetika» va boshqa asarlarida statistika, aniqrog‘i demografik statistika faniga asos soldi(aholi boyligi asosiy masalasini to‘g‘ri qo‘ydi). Milliy daromad tahlil qildi va uni qisman hal etdi. V.Pettining boylik va pul nazariyasi Merkantilistlardan farqli ravishda, V.Petti fikri bo‘yicha, nafaqat qimmatli metall, toshlar va pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. «Mehnat - boylikning otasi, yer esa – uning onasi» degan iborani ishlatdi. Mamlakat boyligini ko‘paytirish uchun u qamoq jazosi o‘rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‘lashga «qurbi yetmagan o‘g‘rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Shu Bilan birga V.Petti chetga pul chiqarishni taqiqlash bema’ni narsa ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Davlatning bunday xatti-harakati, uning fikricha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish Bilan bir narsadir. U asosiy e’tiborni pulning umumiu ekvivalent va muomila vositasi sifatidagi roliga qaratgan holda uning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funksiyasini inkor etdi. Ammo V.Petti savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq ma’qulladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling