L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‘ziga xosligi
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‘ziga xosligi.
Dastlabki merkantilizm 16-asrning o‘rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari U.Stafford (Angliya), G.Skaruffi (Italiya) hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat tashqi savdoni qattiq 18 tartiblab turish yo‘li bilan mamlakatning pul boyligini ko‘paytirishga qaratilgan edi (mamlakatning puli qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilistlar qo‘yidagi omillarni: Eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‘rnatishni; Tovarlar importini har tomonlama cheklashni; Mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni maqsadga muvofiq hisobladilar. Keyingi merkantilizm 16-asrning ikkinchi yarmidan 18-asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrga kelib mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‘rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. Keyingi merkantilizmning asosiy vakillari ingliz Tomas Mann, Jon Lokk, R.Kantilon, fransiyalik Antuan Monkreten hisoblanadilar. Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – aktiv savdo balansiga erishishdir. (eksportning importdan ustun bo‘lishidir). Eksport va import o‘rtasidagi farq – mamlakat boyligining o‘sishidir. Real boylik – bu «o‘lik pullar» yig‘indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir. Keyingi merkantilizmning aktiv savdo balansiga erishish uchun bir qator tavsiyalari shulardan iborat edi: Tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‘li bilan egallash; Mamlakatda aktiv savdo balansini saqlab turgan holda tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari); Shu haqda yetuk ingliz merkantilist Tomas Men «agar mamlakatda pul muomalasi qattiq tartibga solinib turilsa, chetga monetani erkin chiqarilishini taqiqlansa, unda tashqi savdoni normal rivojlantirib bo‘lmaydi» degan xulosaga keladi. O‘z navbatida, fransiyalik Antuan Monkreten(1576-1621) «Siyosiy iqtisod traktati» nomli asarida savdogarlarni ancha foydali toifa, deb hisoblaydi. U manufakturani rivojlantirishni, hunarmandchilik maktablarini tashkil etishni, mahsulotlar sifatini yaxshilashni va mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni tavsiya qildi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling