L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Mesopotamiya, Eshnunn qonunlari, Hammurapi qonunlari, konfutsiylik, natural- xo‘jalik munosabatlari, «Avesto», «Artxashastra», sudxo‘rlik, «mehnat taqsimoti», «ideal davlat», «ekonomika», «xrematistika», boylik taqsimoti, daosizm; «Manu qonunlari», «buyumning qiymati», «gapiruvchi qurollar». Muhokama uchun savollar. 1.Ilk yozuv qayerda va qaysi mamlakatda kashf etildi. 2. Eshnun qonunlarining yaratilishi sababliri. 3. Avesto zardushtiylikning muqaddas kitobi. 4. Artxashastra- foyda to‘g‘risidagi ta’limot. 5. Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy ta’limotlarning mohiyatini tushuntirib bering 6. Dastlabki yer va non islohatlarini tushuntirib Bering. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998. 2. Aristotel. Soch. v 4-x t. M.; Misl, 1975-83. 3. Artxashastra ili Nauka politiki. M-L, Izdatelstvo AN., 1959. 4. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 7-37b. 5. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003. 5-22b. 16 «Iqtisodchilar va siyosiy faylasuflarning to‘g‘ri g‘oyalari ham, xato g‘oyalari ham biz o‘ylaganimizdan ko‘ra kattaroq ta’sir kuchiga ega». 6 Jon Meynard Keyns MAVZU -3: MERKANTELIZM IQTISODIY TA’LIMOTI VA UNING MOHIYATI Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi. Merkantilizmning predmeti va uslubi. Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‘ziga xosligi. Merkantilizmning tarixiy ahamiyati. Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi. Natural-xo‘jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabatlari tomonidan siqib chiqarilishi 16-asrdan 18-asrgacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italyancha «merkante» so‘zidan kelib chiqqan – savdogar ma’nosini anglatadi) birinchi ilmiy qarashlar tizimi hisoblanadi. Bu ta’limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo‘ldi. Avvalo feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo‘lishi savdo-sotiqning rivojiga turtki bo‘ldi. Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‘llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat harajatlarini himoya qildilar. Bir qancha asr davomida boylikning manbai, halq farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilik deb tushnilar edi. Lekin XV asrga kelib, natural xujalikning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, Fan va madaniyatning yuksalishi, Yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tuzumining paydo bo‘lishi savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Manna shu davrga kelib, Yevropadagi asosiy mamlakatlar merkantilizm siyosati ta’sirida edilar. Merkantilistlar , millatlar xuddi savdogarlar singari foyda olish uchun bir-birlari bilan raqobat qilishlari kerak deb hisoblardilar. Xukumat eksportni qonunlar bilan qo‘llab quvvatlashi, sanoatda ish haqi va resrslarga kam harajat qilishi kerak deb ta’kidladilar. Shu usulda «qulay savdo balansiga» erishishi mumkin. «Qulay savdo balansi» deb eksport importdan ortiq bo‘lgan vaziyat tshunilar edi. Merkantilistlarning fikricha oltin va kumush zahirasining ko‘payishi millat farovonligining o‘lchovidir. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling