L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Fizokratizm ta’limoti. F.Kene – fiziokratlar ta’limotlarining asoschisi
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransua Kene (1694-1774) – fiziokratlar maktabining asoschisidir
Fizokratizm ta’limoti. F.Kene – fiziokratlar ta’limotlarining asoschisi.
Fiziokratlar (lotincha – tabiat hukmronligi) – bu 18-asrdagi fransuz iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlarning maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‘tish davrida vujudga keldi. Ular tadqiqotining asosi – qishloq xo‘jaligi ahvolini yaxshilashdan iborat bo‘lgan. Ular qishloq xo‘jaligini iqtisodiyotning yagona unumli soha deb hisobladilar. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xo‘jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi. Bu ta’limot klassik iqtisodiy maktabning tarkibiy, butun zanjirning ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy vakillari F.Kene, A. Tyurgo mamlakatdagi usha davr iqtisodiy holatini har tomonlama taxlil etib iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo‘yicha qimmatli fikrlarni berdilar. Ular fermerlarni ximoya qilgan xolda avvalo merkantilizmdan vos kechib, boylikning asosiy manbai mexnat va yer ekanligini ko‘rsatdilar. «Tabiiy tartib» konsepsiyasi asosida «unumli mexnat» , «sof mahsulot», kapital to‘g‘risidagi ta’limotlar ilgari surildi. Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baholar, erkin raqobat davlatning iqtisodga kam aralashuvi «tabiiy xol» deb tan olindi. Ularning fikricha, qiymat iste’mol qiymati bo‘lib, xatto tabiat, yer in’omi sifatida talqin etiladi. Shundan dexqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari unumsiz soxa deb qaraladi. Bunday noto‘g‘ri fikrning paydo bo‘lishi Fransiyaning o‘sha davrdagi axvoli (agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir. Kapital tushunchaning kiritilishi va uning boshlang‘ish va yillik bo‘nak kabi ikki qismga bo‘linishi iqtisodiyot tarixida muxim qadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital g‘oyalari ham kelib chiqadi. Fransua Kene (1694-1774) – fiziokratlar maktabining asoschisidir. U nafaqat fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va siyosiy dasturini ham shakllantirdi. F.Kene har tomonlama bilimli olim bo‘lib, tibbiyot va biologiyaga 24 oid ko‘pgina asarlar yaratdi. U iqtisodiyot muammolari Bilan 60 yoshidan boshlab bevosita shug‘ullana boshladi. F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy maqolalari Chop etilgan. 1758 yilda uning asosiy asari – «Iqtisodiy jadval» nashrdan chiqdi. F.Kenening o‘rganish metodi shundan iborat ediki, u, yuqori davlat hokimiyatini tabiiy tartib qonunlarini yaxshi biladigan, o‘qimishli bir shaxs qo‘lida bo‘lishini maqsadga muvofiq deb bilgan. Ya’ni, «yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan va yirik yer egalaridan tashkil topmasligi kerakligini uqtiradi. «Ular, deydi u, birga qo‘shilib qonunning o‘zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etadi, millatni qul qiladi, adolatsizlikni keltirib chiqaradi, yirtqichlarga zulm o‘tkazadi va o‘taketgan beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin». Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling