L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromadlar nazariyasi
Qiymat nazariyasi.
V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiymatning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning manbai unga sarflangan mehnat miqdori Bilan o‘lchanadi. U non bahosi Bilan kumushni solishtiradi va ularning bahosi sarflangan mehnat miqdori Bilan tenglashtiriladi. U tovarning qiymati mehnat va yer ishtirokida yaratiladi, ya’ni tovar bahosi asosida, uning zamirida sarfli mexanizm yotadi, degan xulosaga keladi. Daromadlar nazariyasi V.Petti ishchining daromadi (ish haqi)ni mehnatning bahosi deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimumi Bilan ifodaladi. U har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko‘payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Bu fikrini u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo‘ldi: agar ishchiga ko‘rsatilgan minimumdan ikki baravar ko‘p haq to‘lansa, u chog‘da ishchi ikki marta kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini bildiradi. V.Petti dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati Bilan uni ishlab chiqarishga ketgan harajatlar o‘rtasidagi farqni renta deb atagan. Uning fikricha, renta 22 qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligining har xilligidan va yer uchastkasining bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadi. Bundan biz V.Pettining birinchilardan bo‘lib differensial renta tushunchasini ilgari surganligini ko‘ramiz. «Siyosiy arifmetika» deb nomlagan asarida olim birinchilardan bo‘lib raqamlarni, hisob-kitobni, statistik ma’lumotlarni va statistik tahlil uslublarini keng qo‘lladi. Uning asarlarida milliy boylik va milliy daromad statistikasiga, aholi sonini va uning tuzulishini hisoblashga, mehnat resurslarining qimmatini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling