L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


A.Smit va uning «Odamlar boyligi…» asari


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/133
Sana27.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1130763
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133
Bog'liq
44679-1

A.Smit va uning «Odamlar boyligi…» asari. 
Adam Smit (1723-1790) klassik siyosiy iqtisodning atoqli namoyandasidir. 
Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolangan 1776yili Angliyada zamonamizning eng 
muhim kitoblaridanbiri Shotlandiyalik buyuk iqtisodchi Adam Smitning «Odamlar 
boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» asari nashr etildi. Bu asar 
zamonaviy iqtisodiy fanning boshlanishi hisoblanadi. Shu kitob uning muallifi Adam 
Smitni «iqtisodiyot otasi» unvoniga sazovar etdi. Smitning nuqtai nazaridan 
millatning boyligi faqat qishloq xo‘jaligi jarayonida emas, umuman ishlab chiqarish 
jarayonida vujudga keltiriladi. Ishlab chiqarilgan ne’matlar miqdori inson 
mehnatining boshqa ishlab chiqarish omillari bilan birlashuvidan tashkil topadi. 
A.Smit o‘z davridagi iqtisodiy bilim va konsepsiyalarni umumlashtirdi va sistemaga 
tushurdi. Buning natijasida xo‘jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi 
bir butun nazariya yaratdi.
A.Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo‘lib,
1-da – qiymat va qo‘shimcha daromad muammolari tadqiq etildi; 
2-da – kapital jamg‘arilishi va uning shakllari; 
3-da –kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari; 
4-da – merkantilizm va fiziokratlarning ta’limotiga munosabati; 
5-da – davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. 


 
29 
A.Smitni tadqiqotining predmetini – jamiyatni iqtisodiy rivojlanishi va uning 
moddiy turmush darajasini oshirish muammolari tashkil etadi.
 
Boylikni ko‘paytirish omillari 
Boylikning manbai mehnat va undagi mehnat taqsimoti hisoblanadi. Muallif bu 
tezisni to‘g‘nog‘ich ishlab chiqarish ustaxonasi misoli yordamida asoslab beradi. 
Ustaxonada 10 kishi ishlaydi. Ular o‘rtasida mehnat shunday taqsimlangan: 1- simni 
tortadi, 2 – uni to‘g‘rilaydi, 3 – kesadi, 4 – uchini o‘tkirlaydi, va h. Bir kunda bu 10 
kishi 48.000 to‘g‘nog‘ich, ya’ni har bir kishi 4.800 donadan mahsulot ishlab 
chiqaradi. Agar ular bir-birlariga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaganlarida, ularning 
hech qaysisi 1 kunda 20dan ko‘p to‘g‘nog‘ich tayyorlay olmagan bo‘lar edi. Demak, 
ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko‘proq oshgan (4800/20). 
A.Smitning fikriga ko‘ra mehnat taqsimoti- milliy mahsulot yaratish jarayonida 
odamlar o‘rtasidagi hamkorlik shaklidir. Shu borada olim qo‘yidagi fikrlarni ilgari 
surdi: 

Ixtisoslashuv tufayli kishilarning chaqqonligi ortadi; 

Ular vaqtni tejaydilar, chunki bir ish turidan boshqasiga o‘tishga hojat 
bo‘lmaydi; 

Ishchilar o‘z faoliyatlarini takomillashtiradilar; 

Ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. 
Demak, A.Smit fikriga ko‘ra jamiyatdagi boylikning asosiy manbai barcha 
mehnat jarayonida qatnashganlarning faoliyati natijasida vujudga keladi va mehnat 
taqsimoti orqali ortib boradi. Ammo u faqat moddiy narsalarni yaratish va 
o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatni unumli mehnatga kiritgan. Bunga 
o‘qituvchilarning, yuristlarning, harbiylarning, ma’muriyatning, yozuvchilarning va 
shu kabilarning ko‘rsatayotgan xizmatlarini unumsiz deb topgan. 
Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligi sohasining ustunligi 
g‘oyasidan qutula olmagan. U hunarmandlar va savdogarlar mehnatini yer egalari 
mehnatiga nisbatan kam unumli bo‘ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki yer egalariga tabiat 
«yordam» beradi va «dehqonchilikka qo‘yilgan kapital haqiqiy boylikka va 
daromadga ancha ko‘p qiymat qo‘shadi». Bunda A.Smitning ta’kidlashicha, 
iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari bahosi pasayib borish 
tendensiyasiga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bahosi esa o‘sish tendensiyasiga ega.
A.Smit kapitaldan keladigan daromad sifatidagi foizni inkor etadi, foydani esa 
tadbirkorlik riski (tavakkalchiligi) kompensatsiyasi va boshqaruv uchun to‘lov 
sifatida ko‘rsatib beradi. Shuningdek, u boylikni ko‘paytirishda pulning roliga 
alohida urg‘u berib o‘tadi. Jumladan, u shunday deydi, «jamiyat uchun natural 
ayirboshlashdan 
ko‘ra, pulli ayirboshlash foydali bo‘ladi». Odamlarning 
jamg‘armaga bo‘lgan tabiiy intilishlari, jamiyatga o‘z kapitalini ko‘paytirish imkonini 
beradi, negaki jamg‘arma investitsiyaning zaruriy sharti hisoblanadi. Kapitalning 
o‘sishi – millat boyligini ko‘paytirishning uchinchi (mehnat taqsimoti va puldan 
foydalanish bilan birga) asosiy omilidir: kapital qancha ko‘p bo‘lsa, ishchilarni 
boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko‘p bo‘ladi. Asosiy rol 
tejamkorlikka qaratiladi, noo‘rin sarf-harajatlar tanqid qilinadi, kapitalni isrof qilish, 
ya’ni harajatlarning daromaddan ortiqcha bo‘lishiga qarshi bo‘lgan.



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling