L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
Fiziokratizm ta’limotining muhim tomonlari qo‘yidagilardan iborat: a) merkantilizmni inkor qilishi; b) mehnat bilan yer boylikning asosi ekanligini tan olishi; v) savdo-sotiqda bojxona cheklashlarini bekor qilishni taklif etishi; Fiziokratlarning boylik to‘g‘risidagi tezisi, ayniqsa «boylik – bu jamiyat mehnati bilan har yili yaratilgan iste’mol qiymatlar yig‘indisidir», degan tezisi diqqatga sazovor. Bu tezis A.Smit tomonidan ham qabul qilingan. Kapital va uning ikki qismga ajratilishi (asosiy va aylanma), takror ishlab chiqarish, jamiyatning sinflarga ajratilishi iqtisodiy ta’limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir. 27 Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun erkin bozor munosabatlariga o‘tish va dehqonchilikdan olinadigan soliqni kamaytirish zarurligi, yagona soliq tizimiga o‘tish kerakligi to‘g‘risidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Hozirgi davr tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarini qo‘lladilar, ammo ularning g‘oyasi asosan qishloq xo‘jaligi bilan cheklab qo‘yildi, barcha fikrlarda mukammallik yetishmas edi. Bu vazifalar esa keyingi olimlar tomonidan xal etildi. Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtai nazaridan fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va o‘tkinchi harakterga ega bo‘ldi. Ayniqsa, boylikni faqat dehqonchilik bilan bog‘lab tushuntiruvchi fiziokratizm g‘oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli tez unutilayozdi. Tayanch so‘z va iboralar: Klassik (namunaviy) maktab, mehnat boylik manbai, tabiiy baho, bozor bahosi, qiymat nazariyasi, sof mahsulot, fiziokratizm, unumli, unumsiz sinflar, dastlabki avanslar, har yillik avnslar, iqtisodiy jadval. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling